2024 yil 16 oktyabr kuni Toshkent shahar “Shayx Zayniddin” masjidida O‘zbekiston karlar jamiyati tashkil etilganining 95 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston karlar jamiyati rahbari Go‘zal Shodiyeva, Birlashgan Arab Amirliklari karlar assotsiatsiyasi prezidenti Roshid Ali Rashid Eysa Almansori, Quvayt karlar assotsiatsiyasi prezidenti Abdulloh Fayyod, O‘mon karlar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Majid Muhammad Mabruuk al-Marmari, shuningdek, eshitish va nutqida imkoniyati cheklangan 100 nafar yurtdoshlarimiz, Qirg‘iziston respublikasidan 15 nafar imkoniyati cheklangan mehmonlar qatnashdi.
Tadbirda yurtimizda imkoniyati cheklangan shaxslarga bo‘lgan e’tibor, xususan, berilayotgan imtiyozlar, ta’lim-tarbiya olishi uchun qilingan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Xorijiy mehmonlar O‘zbekistonda eshitish va nutqida imkoniyati cheklanganlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor yuqori darajada ekanini e’tirof etdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati