Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyun, 2025   |   23 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
19 Iyun, 2025, 23 Zulhijja, 1446

Qarzni uzish duosi

21.10.2024   6864   1 min.
Qarzni uzish duosi

Agar qarzdor bo‘lsangiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta’lim bergan quyidagi duolarni ixlos ila qiling.

اللّٰهُمَّ إني أعُوذُ بِكَ مِنَ المأْثَمِ وَالمَغْرَم

Allohumma inniy a’uzu bika minal masami val mag‘rami

Allohim! Sendan ma’siyatdan va qarzdorlikdan panoh so‘rayman.
 

اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ الْهَمِّ وَالْحَزَنِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ الْعَجْزِ وَالْكَسَلِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ الْجُبْنِ وَالْبُخْلِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ غَلَبَةِ الدَّيْنِ، وَقَهْرِ الرِّجَالِ

Allohumma inniy a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzu bika minal ajzi val kasali va a’uzu bika minal jubni val buxli va a’uzu bika min g‘olabatid dayni va qohrir rijali

Allohim! Sendan g‘am bosishidan, mahzunlikdan panoh so‘rayman. Ojizlikdan, dangasalikdan panoh so‘rayman. Qo‘rqoqlikdan, baxillikdan panoh so‘rayman. Qarzga botishdan va odamlarning qahridan panoh so‘rayman.

 

اللهُمَّ اكْفِنِي بِحَلالِكَ عَنْ حَرامكْ وَأَغْنِني بِفَضْلِكَ عَمَّنْ سِواك

Allohumma ikfiniy bi halalika a’n haromik va ag‘niniy bi fazlika amman sivak

Allohim! Menga haloling ila haromingdan kifoya qilgin. O‘z fazling ila meni o‘zingdan boshqalardan behojat qilgin.

Alloh taolo duolaringizni ijobat etsin.

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar

Bu yerda qilingan har bir duo ijobat bo‘ladi

18.06.2025   964   1 min.
Bu yerda qilingan har bir duo ijobat bo‘ladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

U Hajarul asvad rukni bilan Ka’ba eshigi oralig‘i bo‘lib, o‘lchami ikki metrdir.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Multazam rukn bilan eshik oralig‘idadir», dedilar.

Mujohid: «Rukn bilan eshik orasida multazam bordir», dedilar.

Bu joy duolar ijobat bo‘ladigan o‘rindir. Duo mobaynida ikki bilak va kaftni ko‘krakka yopishtirmoq sunnatdir.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat kilinadi:

«Bu zot tavof qilib, namoz o‘qib, keyin ruknni o‘pib, so‘ngra tosh bilan eshik oldida tik turib, ikki qo‘l, chakkalarini ko‘kraklariga yopishtirib: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana shunday qilib turganlarini ko‘rdim», dedilar.

Abu Zubayr: «Abdulloh ibn Umar, Ibn Abbos, Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhular multazamda turishganini ko‘rdim», dedilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Biror kishi qora tosh bilan Ka’ba eshigi oldida turib Allohga duo qilsa, barcha yaxshi ko‘rgan narsalarining hojati chiqqanini ko‘radi», dedilar.

Mujohid: «Rukn bilan eshik orasidagi joy Multazam deb nomlanadi. Odamlar o‘sha yerda Allohdan biror narsa so‘rashsa yoki biror narsadan panoh tilashsa, Alloh uni ularga beradi», dedilar.

Makka, Ka’ba, Zamzam tarixi, haj va umra manosiklari» kitobidan