Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyul, 2026   |   27 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
05:00
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:38
Bismillah
12 Iyul, 2026, 27 Muharram, 1448

Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi

22.10.2024   19616   2 min.
Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi

2024 yil 21 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Uchtepa tumanidagi “Hazrati Ali” jome masjidida yig‘ilish o‘tkazilib, Toshkent shahar vakilligi rahbariyati, tumanlar bosh imom-xatiblari, shuningdek, tajribali imom-xatiblardan tarkib topgan ishchi guruh tuzildi. 


Ishchi guruhga faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib:


– imom-xatib hamda otinoyilarning “Haj-2024” ziyoratchilarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish ishiga ko‘maklashish, namuna sifatida ishtirok etish; 
– imom-xatibning ustav asosida masjidni boshqarish faoliyati hamda hujjat yuritish ishlarini yaqindan o‘rganish, maslahat va ko‘mak berish;
– imom-xatib uchun namuna tarzida peshin namozi vaqtida masjidga kelganlarga dolzarb mavzuda ma’ruza qilib berish belgilandi.


Ayni maqsadda Ishchi guruh a’zolari Uchtepa tumanining 20 masjid va 20 ta mahallasiga biriktirildi.


Shu kuni mazkur vazifalar ijrosi ularoq bir qator ishlar amalga oshirildi.


Birinchi yo‘nalish bo‘yicha Ishchi guruh a’zosi hamda imom-xatiblar, shu bilan birga otinoyilar o‘zlariga biriktirilgan mahalla hududidan “Haj-2024” ziyoratchisini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etdilar. Birgalikda mahalla xonadonlariga kirilib, fuqarolarning muammolarini o‘rgandilar, taklif, fikr-mulohazalarini tingladilar. 


Umumiy hisobda imom-xatiblar 8 toifaga mansub 102 ta oilaga, otinoyilar 5 toifaga mansub 32 ta oilaga, jami 134 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlari olib bordilar. 


Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha masjid imom-xatibi faoliyati o‘rganildi. Jumladan, ustav asosida ish va hujjat yuritish, jamoani boshqarish, masjidni toza va ozoda saqlash, unda qulay sharoitlar yaratish jihatlarini ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, ikki ta masjid imom-xatibi faoliyatiga “A’lo”, 18 ta masjid imom-xatibi faoliyatiga “Yaxshi” tarzda baho berildi. 


Uchinchi yo‘nalish bo‘yicha Ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado etib, yig‘ilgan qavmga ma’ruza qilib berdilar. “Tinchlik ne’mati, shukronalik, yosh avlod tarbiyasi, yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish” kabi dolzarb mavzulardagi chiqishlarda 2710 nafardan ortiq tinglovchi (namozxon) qamrab olindi. 


Tadbir so‘ngida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Uchtepa tumanida imom-xatiblarning ma’naviy-ma’rifiy hamda masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi Imom-xatiblar faoliyati munosib baholandi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Uyi yongan oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi

10.07.2026   9033   2 min.
Uyi yongan oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi

Yaqinda Qo‘ng‘irot tumani, “Qumbiz” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Baxtiyor Matyakupovning xonadonida yong‘in sodir bo‘lib, kelib chiqqan yong‘in natijasida xo‘jalik a’zolari uy-joysiz qoldi. Ushbu yuzaga kelgan holat yaqindan o‘rganilib, tumandagi “Hakim Sulaymon” jome masjidi imom-xatibi R.Umarov oila a’zolarining holidan xabar oldi va homiylar yordami bilan uy-ro‘zg‘or buyumlaridan moddiy yordam berdi.

Darhaqiqat, Alloh taolo “Baqara” surasi 271-oyatida: «Sadaqalarni oshkor qilsangiz, bu qanday ham yaxshi! Agar ularni maxfiy qilsangiz va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yaxshidir. Sizdan yomonliklaringizni ketkazadir. Alloh qilayotgan amallaringizdan o‘ta xabardordir», deb bayon etadi.

Ushbu oyati karimada sadaqani oshkora qilish ham, maxfiy qilish ham maqtalmoqda. Bu haqdagi boshqa oyat va shar’iy dalillarni jamlab, o‘rganib chiqqan ulamolarimiz xulosa qilib aytadilarki, Sadaqa farz bo‘lsa, uni oshkora qilish yaxshi, chunki bu holda Allohning amriga itoat oshkora ko‘rinadi va mazkur sadaqadan unga haqdor bo‘lmagan kishilarga ham tushib qolishi mumkinligining oldi olinadi. Agar sadaqa ixtiyoriy bo‘lsa, u maxfiy qilingani yaxshi. Riyodan va manmanlikdan uzoqda bo‘linadi.  

Sadaqa o‘z egasini Shaytondan yiroq, Rabbisiga yaqin va suyukli etadi. Sadaqa tufayli gunohlar kechiriladi, mehr-muruvvat va shafqat eshiklari ochiladi.

Sadaqa qilish xoh oshkora bo‘lsin, xoh maxfiy bo‘lsin, doimo o‘z egasiga foyda keltiradi, uning gunohlarining yuvilishiga sabab bo‘ladi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda: «Alloh taolo ixtiyoriy sadaqada maxfiylikni joriy qilgan. Bu borada maxfiysi oshkorasidan yetmish marta ko‘p savobga ega bo‘ladi. Farz sadaqaning oshkorasini maxfiysidan yigirma besh marta afzal qilgan», deganlar.

Alloh taolo yurtimizda mehr-oqibatli va saxovatli insonlar ko‘payishini, el-yurtimiz obod, xonadonlarimiz fayzli bo‘lishini nasib etsin! 

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti

Matbuot xizmati

Uyi yongan oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi Uyi yongan oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi
O'zbekiston yangiliklari