Zamonamiz muhaddisi Shayx Muhammad Avvoma hafizahulloh talabalarga quyidagi nasihatni qiladilar:
“Talaba-shogirdlarimga bugungi kunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni bilish muhim sanalishini ta’kidlayman. Agar ushbu imkoniyatlardan foydalanishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilsa, Islom ummatiga foyda berish ham kamayadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taolodan:
اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ عِلْمًا نَافِعًا
“Allohim, Sendan foydali ilm so‘rayman”, deb duo qilishni o‘rgatganlar.
Manfaatli ilm bu insonning o‘zi va boshqalarga foydasi tegadigan ilmdir. Shu bois, talaba zamon bilan hamnafas bo‘lmasa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni bilmasa avvalo o‘zi to‘liq ilm ololmaydi va atrofdagilarga ham foydasi kamroq tegadi.
Qolaversa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish va ular orqali ilmni tarqatish talaba uchun nihoyatda zarur qobiliyat hisoblanadi. Natijada talaba olgan ilmini amaliyotda tatbiq etishga ham muvaffaq bo‘ladi.
Alloh taolodan O‘zi yordam berishini iltijo qilib so‘rayman.
Davron NURMUHAMMAD
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Matbuot va media bo‘limi xodimi Davronjon Tursunovning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan hoji onaning yaqinlariga xususan, Davronjon hoji Tursunovga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun, asr namozidan so‘ng "Eshonxo‘ja ota" jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz