Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Noyabr, 2026   |   5 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:49
Quyosh
07:11
Peshin
12:13
Asr
15:23
Shom
17:07
Xufton
18:23
Bismillah
15 Noyabr, 2026, 5 Jumadul soni, 1448
Maqolalar

Umrning qadriga yetaylik!

24.10.2024   11085   1 min.
Umrning qadriga yetaylik!

Er ayoliga: – Senga kimdir 10 million dollar beraman, desa olarmiding? 
Ayoli: – Ha, albatta olaman. 
Er: – Unga nima der eding? 
Ayoli: – Rahmat derdim. 
Er: – Agar o‘sha pulni bir shart bilan, ya’ni  ertaga tongda uyg‘onmaysan desa ham olarmiding? 
Ayol: – Yo‘q. 
Er: – Angladingmi, erta tongda uyg‘onish 10 million dollardan ham qimmatli. 
Ayoli: – Ha, shunday. 
Er: – Shunday ekan har tongda hayotingdan rozi bo‘lib, shukrona bilan uyg‘ongin. Umrning har bir soniyasini qadriga yetgin.
Bu hikoyadan xulosa shuki, bugun vaqtning qadriga yetishni unutib qo‘yyapmiz. Qo‘limizdagi telefon so‘nggi rusumda bo‘lsa-da, yangi chiqsa o‘shani olishga, minib turgan mashinamiz holati yaxshi bo‘lishiga qaramasdan boshqasini olishga harakat qilamiz. Lekin biror qarindoshimiz yoki yon qo‘shnimizning och-to‘qligi bilan ishimiz yo‘q. Faqat o‘zimizni o‘ylaymiz.  Nima bo‘lsa ham bu hayotda kamtar, har narsani qadriga yetishimiz va eng muhimi insoniyligimizni unutib qo‘ymaylik. 
ALLOH hammamizga insof berib to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin!  

Akbarshoh Rasulov

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

14.11.2026   53453   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Matbuot va media bo‘limi xodimi Davronjon Tursunovning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!

Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan hoji onaning yaqinlariga xususan, Davronjon hoji Tursunovga hamdardlik bildiramiz.

Janoza namozi bugun, asr namozidan so‘ng "Eshonxo‘ja ota" jome masjidida o‘qiladi.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari