frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Muftiy hazratlari saylovda munosib nomzodlarga ovoz berdilar

27.10.2024   21665   2 min.
Muftiy hazratlari saylovda munosib nomzodlarga ovoz berdilar
#xabar #saylov
 
Bugun, 27 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yurtimiz tarixidagi muhim voqea – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari saylovida qatnashib, munosib nomzodlarga ovoz berdilar.

Vatan kelajagi, jamiyat osoyishtaligi va xalq saodatini ta’minlashda muhim bo‘lgan mazkur umumxalq saylovi jarayonlari yurtimizda ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tmoqda. Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan 576-saylov uchastkasiga kelib, ovoz berish jarayonida qatnashdilar.

Shundan so‘ng Muftiy hazratlari ushbu uchastka mutasaddilari, nuroniylar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan suhbat qurib, ovoz berish jarayonlari haqida quyidagi fikr-mulohazalarini bildirlar:

– Alloh taologa shukrki, bugun tarixiy voqeada ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldik. U ham bo‘lsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ovoz berish kunidir. Men ham mana shunday bir yurtning fuqarosi sifatida ovoz berishda ishtirok etdim. Biz ham ona Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligiga hissa qo‘shadigan, munosib nomzodlarga yaxshi niyat ila ovoz berdik.

Saylov uchastkalarida ovoz berish uchun barcha sharoitlar hozirlangani barchani mamnun etmoqda. Islom manbalarida saylash va saylanish haqida ham bayon etilgan, xalq jamiyat boshqaruvida ishtirok etadigan o‘z vakillarini saylab olishi zarurdir. Shu bois ham davlat va jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yoshlarni ilm-ma’rifatli qilishga hissa qo‘shadigan munosib nomzodlarni tanlash va saylash – o‘ta muhim masaladir.

Ta’kidlash joizki, bugungi ovoz berish jarayonlarida diniy soha xodimlari, ulamolar, imom-xatiblar, otinoyilar va mudarrislar ham faol ishtirok etib, barchaga namuna bo‘lmoqdalar. Zero, saylovchilar faolligi millat hamjihatligini, o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchni, olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlanishini yaqqol namoyon etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Muftiy hazratlari saylovda munosib nomzodlarga ovoz berdilar Muftiy hazratlari saylovda munosib nomzodlarga ovoz berdilar Muftiy hazratlari saylovda munosib nomzodlarga ovoz berdilar Muftiy hazratlari saylovda munosib nomzodlarga ovoz berdilar Muftiy hazratlari saylovda munosib nomzodlarga ovoz berdilar Muftiy hazratlari saylovda munosib nomzodlarga ovoz berdilar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda

12.08.2026   17097   1 min.
Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vohamiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
 

Bugun, O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov boshchiliklarida homiylar jalb etilgan holda mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon ahillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sovg‘a-salomlar va xayr-ehson qutilari tarqatildi.

Bunday xayrli tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda va ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda
O'zbekiston yangiliklari