Bugun barcha fuqarolarimiz yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida faol ishtirok etib, o‘zlari uchun munosib, deb bilgan nomzodlarga ovoz berishdi. Saylovda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tizimidagi 64 ta masjidning barcha xodimlari o‘zlarining fuqarolik huquqlaridan foydalangan holda saylovda faol ishtirok etdi.
Avvalgi saylovlarga qaraganda nomzodlar ichida yoshlarning ham ko‘pligi, nomzodlar orasida iqtisodchilar, pedagoglar, muhandislar, shifokorlar, jurnalistlar hamda tadbirkor, fermer va boshqa soha vakillarining borligi quvonarli, albatta.
Shu o‘rinda mamlakatimizda yashayotgan aksariyat millat va elatlarning vakillari ham deputatlikka nomzodlar orasida borligi, O‘zbekiston ko‘p millatli yagona xalq ekaninining yorqin ifodasidir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlaridagi saylov uchastkalarida saylovchilar ahil va faol ishtirok etib, o‘zlari munasib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdilar.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti
Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.
Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.
Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati