frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Muhim tadbirda soha xodimlari ham faol qatnashdi

27.10.2024   33730   1 min.
Muhim tadbirda soha xodimlari ham faol qatnashdi
Saylov - demokratik davlatlarning huquqiy mezonidir. Yangi O‘zbekiston ham demokratik huquqiy, ijtimoiy davlat ekani bugungi adolatli saylovlarda namoyon bo‘lmoqda.

Bugun Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov yurtimiz ijtimoiy-siyosiy tarixidagi muhim voqea – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovida qatnashib, munosib nomzodlarga ovoz berdi.
 
Shuningdek, shahar va tumanlar imom-xatiblari, noiblar va barcha masjid xodimlari ham o‘z tanlovlarini shaffoflik asosida o‘tayotgan saylovda bildirishdi.

O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Muhim tadbirda soha xodimlari ham faol qatnashdi Muhim tadbirda soha xodimlari ham faol qatnashdi Muhim tadbirda soha xodimlari ham faol qatnashdi Muhim tadbirda soha xodimlari ham faol qatnashdi Muhim tadbirda soha xodimlari ham faol qatnashdi Muhim tadbirda soha xodimlari ham faol qatnashdi Muhim tadbirda soha xodimlari ham faol qatnashdi Muhim tadbirda soha xodimlari ham faol qatnashdi Muhim tadbirda soha xodimlari ham faol qatnashdi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

17.08.2026   40930   1 min.
Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.

Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi


G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari