Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rakat namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo‘lur. To‘liq, to‘liq, to‘liq", deganlar.
Demak, bomdod namozini o‘qib bo‘lib, Allohni zikr qilasiz. Allohni zikr qilishning eng afzali Qur’on tilovatidir.
Quyosh chiqqandan so‘ng, bir necha daqiqa kutib, ikki rakat nafl namoz o‘qiysiz. Natijada haj va umra savobiga hamda boshqa ko‘plab ajrlarga ega bo‘lasiz. Gunohlaringiz o‘chiriladi. Alloh taolo yomon amallaringiz o‘rnini yaxshiliklar bilan to‘ldiradi.
Ammo bunga amal qiladiganni men kabi boshqa odam bilan solishtirib ko‘ring. Bomdod namozini o‘qiydi-da, kechasi bilan bedor bo‘lganman, charchadim deydi-yu, krovatiga sakraydi va uyquga ketadi. Bu voqelik.
Aziz birodarlar.
"Kim bir narsani sevsa, uni ko‘p zikr qiladi" degan qoida bor. Siz Allohni sevasizmi yoki yo‘q-mi?
Agar chindan ham Allohni sevsangiz, Uni ko‘p zikr qilishingiz kerak. Agar ko‘p zikr qilmasangiz, demak sevmas ekansiz.
Banda Yaratuvchisini tanisa-yu, lekin Uni sevmasligi mumkinmi? Shunday bo‘lishi mumkinmi? Shunday bo‘lishi mumkin-mi? Allohni tanisangiz, Uning quli ekanligingizni bilsangiz, Uning mehribon va rahmliligini, lutfu inoyatini ko‘rsangiz Uni sevmaysizmi?
Yaxshi, agar sevsangiz, Uni ko‘p zikr qiling!
Doktor Muhammad Sa’id Ramazon Butiy rahmatullohi alayhning ma’ruzalaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Matbuot va media bo‘limi xodimi Davronjon Tursunovning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan hoji onaning yaqinlariga xususan, Davronjon hoji Tursunovga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun, asr namozidan so‘ng "Eshonxo‘ja ota" jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz