Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Noyabr, 2026   |   5 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:49
Quyosh
07:11
Peshin
12:13
Asr
15:23
Shom
17:07
Xufton
18:23
Bismillah
15 Noyabr, 2026, 5 Jumadul soni, 1448

Rahbarga itoat

29.10.2024   11445   2 min.
Rahbarga itoat

Bir tashkilot rahbari “Ishga qabul qilaman” deb e’lon berdi. U ishga kirmoqchi bo‘lgan insonlarni sinash maqsadida o‘sha e’lon bo‘yicha keladigan yo‘lning chetida ko‘zi ojiz tilanchi qiyofasiga kirib o‘tirib oldi. So‘ngra yo‘lga pul tashlab qo‘ydi.
Bir odam pulni ko‘rib tilanchiga qarab ko‘zi ko‘rligini bilgach pulni cho‘ntagiga soldi. Bu holatni ko‘rgan rahbar boshini silkitgancha uning orqasidan qarab qoldi. Sal turib yana shunday holat kuzatildi. Yana bir qancha vaqt o‘tib, uchinchi odam pulni tilanchilik qilib o‘tirgan odamdan “Pul sizniniki emasmi” deya so‘radi. Tilanchi: “Ha meniki, tushib qolgan bo‘lsa kerak” dedi. 
Birozdan so‘ng rahbar kiyimlarni almashtirib, ishiga bordi. Unga e’lon bo‘yicha talabgorlar kelgani haqida xabar berildi. Rahbar o‘sha yo‘lda uchratgan insonlarni birma-bir chaqirib suhbat qildi. Suhbat so‘ngida ko‘chada yotgan pul haqida so‘rab pullarini qaytarib oldi. Keyin uchinchi odam kirganida esa ko‘chada yotgan pulni tilanchiga nega qaytargani haqida so‘raydi. U “Men halol pul topishni xohlayman. Yerdagi pul meniki emasdi. Uning o‘z egasi borligini yaxshi bilardim” deb javob berdi. Rahbar unga ertadan ishga kelishini aytdi. Qolgan ikki kishini qaytarib yubordi. 
Xulosa: Bugun biz qaysi kasbda bo‘lishimizdan qat’iy nazar rahbar aytgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishimiz kerakligini unutib qo‘ymoqdamiz. Vaholanki, siz topshiriqni o‘z vaqtida qilmayotganingiz bilan bu ishning bahosini sizga emas tashkilotga, uning rahbariga beriladi. Bugun biror lavozimda ishlayotganingiz bu ALLOH tomonidan sizga berilgan ulug‘ ne’matdir. Shunday ekan qaysi kasbda ishlashingizdan qat’iy nazar rahbarga itoat etishlik, bu sizning burchingiz. “Tashkilot menga nima bermoqda” deb emas, “Men tashkilotga, Vatanga, xalqga nima bermoqdaman. Shu qilayotgan ishimdan menga va o‘zgaga manfaat yetyaptimi” degan o‘y hammada bo‘lishi lozim. 

Akbarshoh Rasulov

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

14.11.2026   51168   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Matbuot va media bo‘limi xodimi Davronjon Tursunovning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!

Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan hoji onaning yaqinlariga xususan, Davronjon hoji Tursunovga hamdardlik bildiramiz.

Janoza namozi bugun, asr namozidan so‘ng "Eshonxo‘ja ota" jome masjidida o‘qiladi.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari