"Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, ixtilofchilarning "mulla"lariga ham ko'rsatmalar chet eldagi xo'jayinlaridan kelib turar ekan. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, dunyo musulmonlari orasida ixtilof qo'zish ishlari xalqaro markazdan boshqarib borilmoqda. Endilikda ixtilofchi bemazhablarning "mulla"lariga markazdan faks, elektron pochta yoki internet orqali ko'rsatmalar kelmoqda. Ular mazkur ko'rsatmalarni tarjima qilib, yugurdaklariga berishmoqda. Yugurdaklar ana o'sha tarjimalarni ko'tarib olib, mo'min-musulmonlar orasida ixtilof urug'ini sochmoqdalar".
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh
"Ixtiloflar: Sabablar va echimlar" kitobidan
Doktor Ali Juma deydi: “Agar shayton kelib seni hali sen bilan sodir bo‘lmagan kelajakdan qo‘rqitsa, uni Allohga husni zonn – yaxshi gumon qilish bilan xorlagin va o‘zingga qarata: “O‘tgan kunlarim, umrim davomida meni ikrom qilgan Zot erta kelajakda ham meni albatta ikrom qilgusidir”, degin.
Doktor Oiz Qarniy deydi: “Agar seni shayton vasvasa qilib, Alloh taolo seni sodir qilgan gunohlaring sababidan aslo kechirmaydi, desa unga: “Qanday menga ijobat etmasakan, axir xalqlarining ichida eng yomon bo‘lganing holda hatto senga ijobat qilganku?!”. «U: «Menga ular qayta tiriltiriladigan kungacha muhlat ber», – dedi. U Zot: «Albatta, sen muhlat berilganlardansan», – dedi!» (A’rof surasi, 14-15–oyatlar).