Hurmatli yurtdoshlar, muslim.uz portali ijodkorlari siz aziz muxlislarimizga yangi "Mushohada" nomidagi loyihani taqdim etmoqda. Unda bugungi hayotimizdagi dolzarb muammolar, turli ijtimoiy illatlarga dinimiz ta’limotidagi yechimlar haqida ulamolar, soha mutaxassislarining fikr-mulohazalari berib boriladi, inshaalloh.
To‘y – desa xalqimiz borini berishga tayyor. To‘y kuni to‘yxonaga dabdaba bilan kirib kelgan ikki yoshning baxtli onlarini ko‘rib hammaning sevinchi ichiga sig‘maydi. Qani endi, mana shu xursandchilik bilan boshlangan yangi hayot ostonasi, bir umr mustahkam bo‘lsa. Ming afsuski ne ne umidlar bilan bog‘langan nikoh rishtalari gohida yil, gohida oy ba’zida esa kun o‘tmay uzilyapti. Turli arzimagan sabablar bilan yosh oilalar barbod bo‘lyapti...
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.
Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.
Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati