O‘qituvchi o‘quvchilarga uyga vazifa berdi: “Ertaga hamma jannatdan bir tuproq olib kelsin. Nimaga jannatdan ekanligini tushuntirib berasizlar” deya ta’kidlab o‘quvchilarga javob berdi.
Ertasi kuni o‘qituvchi o‘quvchilardan so‘radi: “Qani kimni uyga vazifaga tayyor”, deya so‘radi. O‘quvchilar birin-ketin doska yoniga chiqib o‘zlarining javobini ayta ketdi.
Ahmadjon: “Men tuvacha olib keldim. Bunda odamlar suv ichishadi. Suv esa obi hayot”, dedi. Fotima: “Internetda dunyoda eng qimmatli narsa tuproq deyishgan ekan. Men tuproq jannatdan bo‘lsa kerak deb o‘yladim”.
O‘qituvchi: “Yana kim tayyor” deb so‘radi. Dilshod hayajon bilan qo‘lini ko‘tardi. O‘qituvchi: “Qo‘rqma doskaga chiq” dedi. Uning qo‘lida bir parcha tuproq bor edi. Buni ko‘rgan o‘quvchilar kulishdi. O‘qituvchisi esa “Bu tuproq jannatdanmi” deb so‘radi? Dilshod esa “Bu tuproqda rahmatli Onam yurgan edilar. Jannat onalar oyag‘i ostidadir” deb javob berdi...
Akbarshoh Rasulov tarjimasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Matbuot va media bo‘limi xodimi Davronjon Tursunovning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan hoji onaning yaqinlariga xususan, Davronjon hoji Tursunovga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun, asr namozidan so‘ng "Eshonxo‘ja ota" jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz