Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448
Yangiliklar

01.11.2024   7472   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida turli millat va din vakillari ko‘chat ekishdi

16.11.2026   61   1 min.
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida turli millat va din vakillari ko‘chat ekishdi

Bugun, 16 noyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbariyati, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddi vakillari, imom-xatiblar, shuningdek, turli millat va diniy konfessiya yetakchilari qatnashdi.

Tadbir avvalida tashkil etilgan “Bag‘rikenglik marshi”da turli millat va din vakillari yelkadosh bo‘lib, yurtimizdagi tinchlik hamda hamjihatlik muhitini yorqin namoyon etdilar. Shundan so‘ng el-yurtimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilib o‘tganlarning xotirasi yodga olinib, ularning ezgu ishlari eslandi.

Marosim davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida bog‘ hududiga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Ushbu jarayonda Diniy idoraning Toshkent shahridagi vakili, poytaxt bosh-imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Islom dinida yerni obod qilish, daraxt ekish eng fazilatli amal hamda savobi uzluksiz borib turadigan sadaqai joriya ekanini ta’kidlab, bunday xayrli ishlarning bardavom bo‘lishini so‘rab ezgu duolar qildi.

Ushbu tashabbus jamiyatda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash barobarida tabiatni asrab-avaylash hamda kelajak avlodga obod vatan qoldirishdek oliy maqsadlarga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari