frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

BOG‘ YARATIB AMALLAR DAFTARINI BЕZAYLIK!

01.11.2024   27312   1 min.
BOG‘ YARATIB AMALLAR DAFTARINI BЕZAYLIK!

Alloh taolo insoniyatni ozodalikka, jismu imoni, uy-joyi – Vatanini pok tutishga, bog‘u rog‘lar o‘stiruvchi va Yer yuzini obod qiluvchilardan bo‘lishga chaqiradi. 

Yuqoridagi chaqiriqqa monand, ayni kunlarda O‘MI Buxoro viloyati vakili Jobir domla Elov boshchiligida viloyatimizdagi barcha masjid, madrasa va ziyoratgohlarda yashil makonlarni ko‘paytirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, din peshvolari tomonidan hududlarda yashil maydonlar barpo etilmoqda.

Zero, hadis shariflarda: “Albatta, farishtalar ekin yoki ko‘chat ekuvchining haqqiga, modomiki, ekkan narsasi ko‘karib turarkan, istig‘for aytib turishadi”, - deyiladi.

Yaratgan Zot bu hayrli ishlarni bardavom va barokatli qilsin!

O‘MI Buxoro viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati 

BOG‘ YARATIB AMALLAR DAFTARINI BЕZAYLIK! BOG‘ YARATIB AMALLAR DAFTARINI BЕZAYLIK! BOG‘ YARATIB AMALLAR DAFTARINI BЕZAYLIK! BOG‘ YARATIB AMALLAR DAFTARINI BЕZAYLIK! BOG‘ YARATIB AMALLAR DAFTARINI BЕZAYLIK!
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda

12.08.2026   17626   1 min.
Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vohamiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
 

Bugun, O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov boshchiliklarida homiylar jalb etilgan holda mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon ahillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sovg‘a-salomlar va xayr-ehson qutilari tarqatildi.

Bunday xayrli tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda va ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda
O'zbekiston yangiliklari