Bismillahir Rohmanir Rohiym
Dr. Umar Abdul Kafiy yozadi: “Bir muallima bilan g‘aroyib bir voqea bo‘lgan ekan. Hikoya qahramoni bunday deydi:
“Madrasa masjidini jihozlash va konditsioner o‘rnatish uchun hamkasblarimdan oz-ozdan pul yig‘ardim. Doimiy ravishda ularga buni savobli va yaxshi amal ekanligini eslatardim, har safar ozgina ozginadan pul yig‘ilardi va bu ishlar taxminan bir oy davom etdi.
Bir kuni hamkasblarimdan biri: “Har doim pul so‘rayverasanmi, bezib ketdik”, dedi. Men esa: “Vallohi, bu yaxshi amal va sadaqa jannat eshigining kaliti. Bir so‘m bilan bo‘lsa ham sadaqa qil”, dedim.
Shunda u: “Senga bir so‘m bersam bo‘ldimi, boshqa bezovta qilmaslikka va’da berasanmi?” dedi. Men esa: “Ha”, deb javob berdim. Shunda o‘sha o‘qituvchi o‘z sumkasidan bir so‘m pul olib, menga zarda qilgan holda, g‘azab bilan pulni uloqtirdi.
Pul yig‘ish ishlarini madrasadan tashqarida yaqinlarim va dugonalarimdan so‘rab davom ettirdim va Allohning marhamati bilan yetarlicha pul to‘pladim. Bu pul bilan madrasa masjidini jihozladik va konditsioner ham o‘rnatdik.
Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga qasamki, sotib olingan narsalar hisob varag‘i kelganida, yig‘ilgan mablag‘dan atigi bir so‘m ortiqcha chiqib qoldi. Shu ortiqcha pulni meni bezovta qilishda ayblagan o‘sha hamkasbimga qaytardim. Shunda ko‘nglimda Alloh uning sadaqasini qabul qilmagani haqida o‘y paydo bo‘ldi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sadaqa muhtojga yetib borishidan oldin, Allohning huzuriga yetib borishi haqida aytganlar. Shuning uchun Oisha onamiz doimo qiladigan sadaqalarini xushbo‘ylantirib qo‘yar edilar va u Allohning qo‘liga tushishini aytar edilar.
Hamkasbim sadaqani chin yurakdan emas, g‘azab va mensimasdan bergani uchun Alloh uni qabul qilmadi va o‘sha pul o‘z egasiga qaytdi.
Odamning ikki o‘g‘li Hobil va Qobilning qurbonliklari haqidagi hikoyada Alloh bunday degan: “Va ularga Odamning ikki o‘g‘lining haqiqiy hikoyasini aytib ber. Ikkovlari qurbonlik qilgan edilar, biri (taqvodorning) qurbonligi qabul qilindi, ikkinchisining qurbonligi esa qabul qilinmadi. U shunda: “Seni albatta o‘ldiraman”, dedi. U esa: “Albatta Alloh taqvodorlardangina qabul qiladi”, dedi” (Moida surasi, 27-oyat).
Alloh sadaqasini qabul qilgan odam baxtiyordir, chunki bu uning taqvodorligiga Alloh tomonidan berilgan guvohlikdir”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Matbuot va media bo‘limi xodimi Davronjon Tursunovning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan hoji onaning yaqinlariga xususan, Davronjon hoji Tursunovga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun, asr namozidan so‘ng "Eshonxo‘ja ota" jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz