Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448
Maqolalar

Hadya

05.11.2024   12009   1 min.
Hadya

Bir qizaloq taqinchoq do‘koniga kirib sotuvchiga qarab chiroyli zirak ko‘rsatishini so‘radi. Sotuvchi qizaloqqa hayratlangancha qarab turaverdi. Shunda qizaloq bir zirakni ko‘rsatib: “Mana buni chiroyli qilib o‘rab berolasizmi?!”, dedi. Sotuvchi: “Puling bormi?” deb so‘radi. 
Qizaloq cho‘ntagidagi bir nechta tangani chiqarib,:“Bor pulim shu, yetadimi?” deb so‘radi. So‘ngra u: “Bilasizmi, men opamga shu zirakni sovg‘a qilmoqchiman. Chunki u onamiz olamdan o‘tganidan keyin bizga g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. Men opamni xursand qilishni juda xohlardim. Menda bori shu”, dedi pulga ishora qilib. 
Bir necha soniyadan so‘ng sotuvchi zirakni chiroyli qutiga solib, qizchaning qo‘liga berdi. U xursand bo‘lganicha uyiga shoshib ketdi. 
Bir fursatdan so‘ng do‘konga bir o‘rta yoshli qiz kirib, do‘konchiga o‘sha qizaloq olgan zirakni ko‘rsatib: “Buni sizdan olganmidi?” deb so‘radi. Sotuvchi taqinchoqga qarab: “Ha” deb javob berdi. Qiz taqinchoqni narxi qanchaligini so‘radi. Sotuvchi: “Bu xaridor va mening kelishuvim” deb javob qildi. U: “Singlimda bir necha tanga bor edi. Bu esa judayam qimmatligini bilaman. Bunga pulimiz yetmaydi” deb zirakni qaytarib bermoqchi bo‘ldi.
Shunda sotuvchi: “Singlingiz bor budini berdi. Bu narxni hech kim bera olmaydi”, deya taqinchoqni qizga qaytarib berdi.
 
Akbarshoh Rasulov tarjimasi

Hadya
Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“The Times” gazetasi Toshkentni britaniyaliklar uchun tavsiya etiladigan sayyohlik yo‘nalishlari qatoriga kiritdi

12.11.2026   67979   2 min.
“The Times” gazetasi Toshkentni britaniyaliklar uchun tavsiya etiladigan sayyohlik yo‘nalishlari qatoriga kiritdi

Britaniyaning “The Times” nashri Toshkent haqida maxsus maqola e’lon qilib, O‘zbekiston poytaxtini mazmunli vaqt o‘tkazishga arziydigan sayyohlik yo‘nalishi sifatida e’tirof etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqola muallifi, jurnalist Kler Bubbayer Toshkent shahridagi tarixiy meros va zamonaviy madaniy hayot uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratgan. U asosiy diqqatga sazovor joylar qatorida 2026 yilda ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Zamonaviy san’at markazi, Amaliy san’at muzeyi hamda mashhur Chorsu bozorini e’tirof etgan.

Toshkent me’morchiligi, jumladan, o‘ziga xos bezatilgan metro bekatlari, modernizm uslubidagi binolar va tarixiy shahar maskanlari alohida qayd etilgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtdagi modernizm uslubiga oid o‘nta arxitektura obyekti YUNЕSKOning Butunjahon merosi maqomini olgan.

“O‘zbekiston sayohatchilar tomonidan Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab safar davomida shunchaki yo‘l-yo‘lakay to‘xtab o‘tishdan ko‘ra, ko‘proq e’tibor qaratilishiga munosibdir”, — deya ta’kidlagan Kler Bubbayer Toshkent haqida fikr bildirar ekan.

Milliy oshxona ham e’tibordan chetda qolmagan. Britaniyalik sayyohlarga manti, lag‘mon va palovning turli hududlarga xos turlarini tatib ko‘rish tavsiya etilgan. Muallif gastronomik manzillar orasida o‘zbek oshxonasi an’analari bilan tanishish hamda ulkan qozonlarda osh damlanishini tomosha qilish mumkin bo‘lgan “Afsona” va “Beshqozon” restoranlarini alohida ko‘rsatgan.

Maqolada poytaxtda tunab qolish uchun “Farovon Tashkent”, “Sapiens Hotel”, “Swissôtel Tashkent” kabi mehmonxonalar tavsiya qilingan. Safarning afzalliklari qatorida “Uzbekistan Airways” va “Qanot Sharq” aviakompaniyalari tomonidan Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etilgan.

“The Times” maqolasi Toshkentni nafaqat Samarqand, Buxoro va Xiva bilan tanishish uchun boshlang‘ich nuqta sifatida, balki zamonaviy madaniy hayoti, betakror me’morchiligi, gastronomiyasi va boy tarixiy merosi bilan o‘ziga xos sayyohlik jozibasiga ega shahar sifatida ham namoyon etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari