Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448
Maqolalar

Hadya

05.11.2024   12060   1 min.
Hadya

Bir qizaloq taqinchoq do‘koniga kirib sotuvchiga qarab chiroyli zirak ko‘rsatishini so‘radi. Sotuvchi qizaloqqa hayratlangancha qarab turaverdi. Shunda qizaloq bir zirakni ko‘rsatib: “Mana buni chiroyli qilib o‘rab berolasizmi?!”, dedi. Sotuvchi: “Puling bormi?” deb so‘radi. 
Qizaloq cho‘ntagidagi bir nechta tangani chiqarib,:“Bor pulim shu, yetadimi?” deb so‘radi. So‘ngra u: “Bilasizmi, men opamga shu zirakni sovg‘a qilmoqchiman. Chunki u onamiz olamdan o‘tganidan keyin bizga g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. Men opamni xursand qilishni juda xohlardim. Menda bori shu”, dedi pulga ishora qilib. 
Bir necha soniyadan so‘ng sotuvchi zirakni chiroyli qutiga solib, qizchaning qo‘liga berdi. U xursand bo‘lganicha uyiga shoshib ketdi. 
Bir fursatdan so‘ng do‘konga bir o‘rta yoshli qiz kirib, do‘konchiga o‘sha qizaloq olgan zirakni ko‘rsatib: “Buni sizdan olganmidi?” deb so‘radi. Sotuvchi taqinchoqga qarab: “Ha” deb javob berdi. Qiz taqinchoqni narxi qanchaligini so‘radi. Sotuvchi: “Bu xaridor va mening kelishuvim” deb javob qildi. U: “Singlimda bir necha tanga bor edi. Bu esa judayam qimmatligini bilaman. Bunga pulimiz yetmaydi” deb zirakni qaytarib bermoqchi bo‘ldi.
Shunda sotuvchi: “Singlingiz bor budini berdi. Bu narxni hech kim bera olmaydi”, deya taqinchoqni qizga qaytarib berdi.
 
Akbarshoh Rasulov tarjimasi

Hadya
Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Tatar-inform” AA: Samarqand tarix zamonaviylik bilan uyg‘unlashgan noyob maskan

11.11.2026   57760   1 min.
“Tatar-inform” AA: Samarqand tarix zamonaviylik bilan uyg‘unlashgan noyob maskan

“Tatar-inform” axborot agentligi saytida sharhlovchi Roman Badanovning O‘zbekistonga tashrifi taassurotlariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Muallif Samarqandning boy tarixiy merosi, uning noyob me’morchilik yodgorliklari, milliy an’analari, mahalliy aholining mehmondo‘stligi va o‘ziga xos o‘zbek milliy taomlari haqida hikoya qiladi.

Xususan, maqolada Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi va Siyob bozori kabi diqqatga sazovor joylar batafsil tasvirlangan.

Jurnalist shahar muhiti, uning obod ko‘chalari, yashil xiyobonlari, ozodaligi va fuqarolarning ochiqko‘ngilligiga alohida e’tibor qaratgan. Muallif o‘zbekistonliklarning samimiy mehmondo‘stligi hamda milliy taomlar va sharq shirinliklarining xilma-xilligini e’tirof etgan.

Shuningdek, maqolada 21–22 oktyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Bolalar farovonligiga investitsiyalar” butunjahon sammiti hamda 100 ta davlat ekspertlarini birlashtirgan bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro kongress haqida so‘z yuritilgan. Muallif o‘quvchilarni “Silk Road” majmuasi va uning “Abadiy shahar” etnografik makoni bilan ham tanishtirgan.

Yakunda muallif Samarqandni Sharq va G‘arb madaniyatlari kesishadigan, asrlik tarix zamonaviylik bilan uyg‘unlashgan noyob maskan sifatida ta’riflab, O‘zbekistonga yana tashrif buyurish istagini bildirgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari