Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Avgust, 2025   |   19 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:02
Quyosh
05:30
Peshin
12:33
Asr
17:22
Shom
19:29
Xufton
20:50
Bismillah
13 Avgust, 2025, 19 Safar, 1447
Yangiliklar

Xalqaro Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik qori qatnashadi

05.11.2024   13405   1 min.
Xalqaro Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik qori qatnashadi

Shu yil 5-9 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida “XXII Moskva xalqaro Qur’on musobaqasi” bo‘lib o‘tadi.


Ushbu xalqaro musobaqada “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi Muhammadamin qori Olimjonov ishtirok etadi. Hamyurtimiz ertaga, 6 noyabr kuni Moskva shahriga jo‘nab ketadi.


Shu munosabat bilan bugun 5 noyabr kuni Muhammadamin qori O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’on va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qoridan kerakli ko‘rsatma va xayrli duolarni oldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xalqaro Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik qori qatnashadi Xalqaro Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik qori qatnashadi Xalqaro Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik qori qatnashadi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqand bosh imomiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

12.08.2025   9023   1 min.
Samarqand bosh imomiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ushbu mas’uliyatli vazifaga Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov tayinlandi.


Ma’lumot o‘rnida Nursultonxon domla “Mir Arab” madrasasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va “Oriyental” universitetida ta’lim olgan. 

Shuningdek, u faoliyati davomida “Damariq” va “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidlarida imom-xatib, shuningdek, Samarqand shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari sifatida xizmat qilgan.


Alloh taolodan Nursultonxon domlaning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar so‘raymiz! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari