Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Avgust, 2026   |   30 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:01
Quyosh
05:30
Peshin
12:28
Asr
17:22
Shom
19:29
Xufton
20:56
Bismillah
13 Avgust, 2026, 30 Safar, 1448

BUTUNJAHON SAMMITIDA O‘ZBЕKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI

06.11.2024   28793   2 min.
BUTUNJAHON SAMMITIDA O‘ZBЕKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI

Bugun, 5 noyabr kuni Boku shahrida BMTning iqlim o‘zgarishi konferensiyasi doirasida Butunjahon diniy yetakchilari global sammiti boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov ishtirok etmoqda. 

Anjuman Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi. 

Dastlab, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning sammit ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishning videomurojaati namoyish etildi.

“Jahon dinlari yashil sayyora uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan nufuzli tadbirda dunyoning 60 dan ziyod davlatidan 300 nafarga yaqin hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din va davlat arboblari, taniqli diniy yetakchilar, olimlar va ekspertlar qatnashmoqda. 
Tadbirning birinchi kuni ishtirokchilar tomonidan global iqlim o‘zgarishining sabab va oqibatlari, tabiatni asrash, ekologik muammolarning oldini olish masalalarini muhokama qilinib, bu borada barcha diniy konfessiyalar vakillari oldida turgan vazifalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari M.Komilov ma’ruza qilib, mintaqada, xususan mamlakatimizda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va biologik xilma-xillikni yanada boyitish yuzasidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar, o‘ziga xos tajribalar haqida so‘z yuritdi. Jumladan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda Davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi, unda turli diniy konfessiya va milliy markazlar vakillarining faol ishtiroki, loyiha doirasida har yili yurtimizda 200 million tup daraxt ekilib, yangi yashil hududlar barpo etilayotgani alohida ta’kidlandi.
Sammit ishtirokchilari tomonidan Yangi O‘zbekistondagi iqlim o‘zgarishining oldini olish borasidagi sa’y-harakatlar, yashil hududlarni ko‘paytirish borasidagi chora-tadbirlar va ilg‘or tashabbuslarni yuqori baholandi.

Konferensiya 6 noyabr kuni ishi o‘z ishini davom ettiradi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

BUTUNJAHON SAMMITIDA O‘ZBЕKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI BUTUNJAHON SAMMITIDA O‘ZBЕKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI BUTUNJAHON SAMMITIDA O‘ZBЕKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI BUTUNJAHON SAMMITIDA O‘ZBЕKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI BUTUNJAHON SAMMITIDA O‘ZBЕKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI BUTUNJAHON SAMMITIDA O‘ZBЕKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI BUTUNJAHON SAMMITIDA O‘ZBЕKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI BUTUNJAHON SAMMITIDA O‘ZBЕKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI BUTUNJAHON SAMMITIDA O‘ZBЕKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

10.08.2026   12795   1 min.
Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.


Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.


Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari