Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Noyabr, 2026   |   14 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:58
Quyosh
07:16
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
24 Noyabr, 2026, 14 Jumadul soni, 1448

16.01.2024   1123   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda

24.11.2026   2664   3 min.
Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda

#xabar #Quron_musobaqasi

 Bugun, 24 noyabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida «Qur’on va qiroat ilmlari» fan oyligi doirasida an’anaviy Qur’oni karim musobaqasining final bosqichi boshlandi.

 Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, rais o‘rinbosarlari Zayniddin domla Eshonqulov va Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov, «Qur’on ilmlari» kafedrasi ustozlari, taniqli qorilar, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

 Marosimni ochib bergan Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov so‘nggi yillarda Diniy idora tizimida va yurtimizda Qur’on ilmlarini o‘rganish borasida katta yutuqlarga erishilayotgani, xususan, joriy yilda oliy ma’had tarixida ilk bor "Tafsir va Qur’on ilmlari" bo‘yicha magistrlik mutaxassisligi ochilganini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov yig‘ilganlarni Muftiy hazratlari va idora rahbariyati nomidan muborakbod etdi. U yurtimizda qorilarning son va sifat jihatidan yuksalib borayotgani, buning samarasi Ramazon oyidagi xatmi Qur’onlarda yaqqol namoyon bo‘layotganini qayd etib, mazkur musobaqa mohir qorilarni saralash va yoshlarni yuksak qorilik maqomiga rag‘batlantirishga xizmat qilishini bildirdi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov Davlatimiz Rahbari tomonidan Qur’on ahli va hofizi kalomlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor hamda moddiy-ma’naviy rag‘bat xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bugungi musobaqada to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha jami 12 ta sovrinli o‘rin (1-, 2- va 3-o‘rinlar) sohiblariga Muftiy hazratlari nomidan ham munosib mukofotlar ajratilganini ma’lum qildi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Qur’on musobaqasi ta’lim muassasalaridagi fan oyliklarining gultojisi ekanini ta’kidladi. U kelgusi yildan 10 ta o‘rta maxsus va 4 ta oliy diniy ta’lim muassasasi o‘rtasida Qur’on musobaqalarini keng miqyosda qayta jonlantirish rejalashtirilayotganini aytib, ustozlar oldida xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘taradigan mohir qorilarni tayyorlash vazifasi turganiga urg‘u berdi.

 Bu yilgi musobaqaning muhim yangiligi shundaki, tilovat yo‘nalishida ilk bor modul ta’lim tizimida tahsil olayotgan imom va noiblar ham qatnashmoqda. To‘rtta yo‘nalishda (yigitlar va qizlar o‘rtasida hifz hamda tilovat) o‘tkazilayotgan bellashuvda kunduzgi va modul ta’lim talabalarining Qur’oni karimni yoddan o‘qishi, tajvid qoidalariga rioya etishi, oyatlarni tajvidiy tahlil qilishi hamda ovoz va tarannum mahorati baholanmoqda.

 Ishtirokchilarning chiqishlarini «Qur’on ilmlari» kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne’matov raisligidagi, tajribali ustozlar hamda misrlik Islom Abdulatiy qoridan iborat hakamlar hay’ati baholab bormoqda.

 Ushbu musobaqa iqtidorli qorilarni kashf etish, yoshlarda Kalomullohga muhabbatni oshirish hamda xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan mohir hofizi Qur’onlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda
O'zbekiston yangiliklari