frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Terrorizm va yoshlar

07.11.2024   29662   1 min.
Terrorizm va yoshlar

Qo‘qon shahrida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida umumprofilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti aksilterrorizm markazining ma’lumotlariga ko‘ra, terrorizm dunyodagi turli mamlakatlardagi yoshlarni o‘z og‘ushiga tortib kelmoqda va ushbu masala insoniyatni o‘ylantirib kelayotgan global muammo. 


Qo‘qon davlat pedagogika institutida talabalar va ustozlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, imom xatiblar, otinoyilar ishtirokida o‘tkazilgan seminarda butun jahonda dolzarb bo‘lib turgan ushbu muammo bilan bog‘liq O‘zbekistonda mavjud xavf-xatarlar, radikal, ekstremistik tashkilotlarning asl maqsadi tahlil etilib, ularga qarshi kurash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar va maslahatlar berildi. 

Tadbirda ishtirok etgan Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan tinchlikparvar va xalqparvar siyosat, yoshlarning salohiyatini namoyon etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar xususda fikr yuritdi, deb xabar beradi shahar hokimligi axborot xizmati o‘z telegram kanalida. 

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tashkil etilgan ko‘rgazmada tadbir ishtirokchilari bo‘lgan yoshlar mamlakat tasviriy san’at ustalarining terrorizm va ekstremizmga qarshi g‘oyalarni targ‘ib etuvchi ko‘rgazma bilan ham tanishdilar. 

Muhammadjon Obidov,
O‘zA muxbiri

Terrorizm va yoshlar Terrorizm va yoshlar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Misr Vaqf ishlari vaziri: O‘zbekistonning sa’y-harakatlari butun islom olamida yuksak e’tirof etilmoqda

09.07.2026   4026   1 min.
Misr Vaqf ishlari vaziri: O‘zbekistonning sa’y-harakatlari butun islom olamida yuksak e’tirof etilmoqda

Professor Usoma Sayyid Mahmud Muhammad Azhariy,
Misr Arab Respublikasi Vaqf ishlari vaziri

— O‘zbekistonda buyuk allomalarning boy ilmiy merosini o‘rganish, muqaddas qadamjolarni obod etish hamda yosh avlodni ma’rifat ruhida tarbiyalashga qaratilgan sa’y-harakatlar butun islom olamida yuksak e’tirof etilmoqda.

Men vazir bo‘lsam-da, o‘zimni Imom Termiziyning shogirdi deb bilaman. Ertaga u zotning muborak maqbarasini ziyorat qilish baxtiga muyassar bo‘lishimdan behad mamnunman. Bu ziyorat oldidan qalbimda katta hayajon bor.

Shuningdek, Misr Arab Respublikasi Prezidentining samimiy salomlari va ezgu tilaklarini forum ishtirokchilariga yetkazish men uchun katta sharafdir.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning islom sivilizatsiyasining boy ilmiy-ma’naviy merosini asrab-avaylash, uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish hamda ilm-ma’rifatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari jahon hamjamiyati tomonidan yuksak baholanmoqda.

Bunday ezgu tashabbuslar islomning asl insonparvarlik mohiyatini keng namoyon etish, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 
Axborot xizmati

MAQOLA