Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

SHAYX NURIDDIN XOLIQNAZAR: TABIAT — ALLOHNING OMONATIDIR!

07.11.2024   30945   1 min.
SHAYX NURIDDIN XOLIQNAZAR: TABIAT — ALLOHNING OMONATIDIR!

Butunjahon global sammitida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari nutq so‘zlab, dunyoda iqlim o‘zgarishi oqibatida harorat ko‘tarilishi, sahrolar kengayishi, chang-to‘zon, suv toshqinlari va qum bo‘ronlari kabi tabiat hodisalari sodir bo‘layotganini xavotir bilan ta’kidlash barobarida har bir inson Allohning omonati bo‘lgan tabiatga oqilona munosabatda bo‘lishiga chaqirdilar.

Mamlakatimizda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etish, tabiiy boyliklardan samarali foydalanish hamda biologik xilma-xillikni yanada boyitishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarga Muftiy hazrat alohida to‘xtaldilar. Zero, Alloh taolo Yer yuzini obod qilish insonlar zimmasidagi muhim vazifa ekanini ta’kidlab, Qur’oni karimdagi   “U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obod qilish uchun joylashtirdi” (Hud surasi, 61-oyat) oyati karimaning mazmun-mohiyatini izohladilar. Shuningdek, Nabiy alayhissalomning “Zarar qilish ham, zarar ko‘rish ham yo‘q” (Imom Ahmad rivoyati), degan hadisi shariflarini keltirdilar.

Shuningdek, Muftiy hazratlari yurtimizda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiatga yetkazilayotgan zararlarning oldini olish maqsadida, ulamolar va imom-xatiblar tomonidan mahallalar, ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazilayotgani, masjidlarda esa ma’vizalar qilinayotgani kabi tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Sammit ishtirokchilari mamlakatimiz diniy soha xodimlarining iqlim o‘zgarishini oldini olishdagi faolliklariga yuqori baho berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

SHAYX NURIDDIN XOLIQNAZAR: TABIAT — ALLOHNING OMONATIDIR! SHAYX NURIDDIN XOLIQNAZAR: TABIAT — ALLOHNING OMONATIDIR! SHAYX NURIDDIN XOLIQNAZAR: TABIAT — ALLOHNING OMONATIDIR! SHAYX NURIDDIN XOLIQNAZAR: TABIAT — ALLOHNING OMONATIDIR! SHAYX NURIDDIN XOLIQNAZAR: TABIAT — ALLOHNING OMONATIDIR! SHAYX NURIDDIN XOLIQNAZAR: TABIAT — ALLOHNING OMONATIDIR! SHAYX NURIDDIN XOLIQNAZAR: TABIAT — ALLOHNING OMONATIDIR! SHAYX NURIDDIN XOLIQNAZAR: TABIAT — ALLOHNING OMONATIDIR!
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

17.08.2026   13501   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.

Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.

Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!

«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari