frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Maqolalar

Ro‘zador ayol uzrli bo‘lib qolsa

08.11.2024   7843   1 min.
Ro‘zador ayol uzrli bo‘lib qolsa

Cavol: Saharlik qilib, ro‘za tutgan ayol iftordan oldin, masalan, peshin vaqtida hayz ko‘rib qolsa, kechgacha o‘zini ro‘zador kabi turishi kerakmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ro‘zador holdagi ayolning ko‘rgan qoni hayz ekani aniq bo‘lsa, iftorgacha ro‘zador holda turmaydi. Chunki u hayz ko‘rishi bilan ro‘zasi ochilib ketadi va unga yeb-ichishi joiz bo‘ladi. Ammo buni oshkora qilmaydi. Iftorgacha hech nima yeb-ichmayman deb, yemay-ichmay yurishi to‘g‘ri emas. Jumladan, “Hoshiyatut Tahtoviy”da bunday deyilgan:

(Ro‘zador) ayol hayz yoki nifos ko‘rib qolsa, og‘zi ochiladi va qazosini tutib beradi. U o‘zini uzrli kishilarga o‘xshatishi shart emas. Chunki bunday ayolning ro‘za tutishi harom bo‘lib, haromga o‘xshatishlik ham haromdir. Kunning bir qismida musofir o‘z shahriga yetib kelsa, kasal tuzalib qolsa, majnun hushiga kelsa, hayzli, nifosli ayol pok bo‘lib qolsa, bularning barchasi yeb-ichishdan tiyilib turishi vojibdir. Sahih gap mana shu”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Ramazon
Boshqa maqolalar

Qiyomat kuni dahshatli emas!

25.06.2025   5990   1 min.
Qiyomat kuni dahshatli emas!

Qiyomat kuni ba’zilar o‘ylaganidek dahshatli emas, balki u Kun ahdiga sodiq bo‘lgan va o‘sha Kun uchun amal qilganlar uchun ajoyib va go‘zal kun bo‘ladi: “Ularni buyuk dahshat mahzun qilmas” (Anbiyo surasi, 103-oyat).

Ular qayta tirilganlarida  va farishtalar ularni kutib turganini ko‘rganlarida, u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Farishtalar ularni: «Bu sizlarga va’da qilingan kuningizdir», – deya kutib olurlar” (Anbiyo surasi, 103-oyat).

Ular shodlikdan butun olamga jar solganda u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Mana, mening kitobimni o‘qib ko‘ringlar!” (Haaqqo surasi, 19-oyat).