Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Iyun, 2025   |   2 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
27 Iyun, 2025, 2 Muharram, 1447
Yangiliklar

Yosh imomlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi

08.11.2024   5303   1 min.
Yosh imomlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi

Farg‘ona viloyati vakilligida 2023-2024 o‘quv yilida diniy ta’lim muassasalarini tamomlab, sohada faoliyat boshlagan yosh xodimlar ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev, bosh imom-xatib o‘rinbosari Alisher domla Naimov, Buvayda tumani bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Nizomov va boshqa mutasaddilar qatnashdi.

Seminarda yosh imomlar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi hamda kelgusidagi maqsadlari bilan tanishildi. Ma’ruzachi ustozlar imomlik sharafi va mas’uliyati, diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, yoshlarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida so‘zlash bilan bir qatorda hayotiy tajriba va malakalari bilan ham o‘rtoqlashdilar.

Ajdodlarimiz azaldan Ahli sunna val-jamoa aqidasi, Hanafiy mazhabining fiqhiy ta’limotlariga amal qilib kelganliklari, davrimizda esa millatni ushbu yo‘ldan og‘dirishga bo‘layotgan urinishlarning ortishi va ularning salbiy oqibatlari xususida "Dinimizda mazhablarning o‘rni va ahamiyati" mavzusidagi ma’ruzada to‘xtalindi. Ulamolarning yo‘llari, ilmiy va hayotiy misollar bilan seminar yanada manfaatli o‘tdi.

Seminar davomida Marg‘ilon shahridagi "Burhoniddin Marg‘iloniy" yodgorlik majmuasiga safar tashkillanib, davlat rahbari tashabbuslari bilan mazkur majmua ustida katta islohot boshlangani e’tirof etildi.

 

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Yosh imomlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi Yosh imomlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi Yosh imomlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi Yosh imomlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi Yosh imomlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi Yosh imomlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi Yosh imomlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi Yosh imomlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi Yosh imomlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Xato – bandaniki

24.06.2025   13641   1 min.
Xato – bandaniki

Bir yigit masjidga kelib biroz o‘tirgach, imomga e’tiroz bildirdi: 
 

– Endi masjidga kelib o‘tirmasak ham bo‘larkan...


Imom undan nima uchun bunday deganining sababini so‘radi. Yigit yon-atrofdagi hamma odam telefonga qarab o‘tirgani, ba’zilari o‘zaro gaplashayotgani uchun shu gapni gapirganini aytdi.


Imom biroz o‘ylab turgach, bunday dedi:

– Yaxshi, e’tirozing o‘rinli. Men bu haqda odamlarga eslatib turibman. Lekin sen endi masjidga kelmoqchi bo‘lmasang bir ish qilib ket.


Yigit rozi bo‘ldi. Imom unga bir piyolani to‘ldirib suv berdi va shu suvni bir tmchi ham to‘kmasdan masjidning ichini bir aylanib chiqishini iltimos qildi. Yigit bor diqqat-e’tiborini jamlab, ohista qadamlar bilan, ikki ko‘zini piyoladan uzmagan holda vazifani muvaffaqiyatli ado etdi.


Imom unga dedi:

– Barakalloh! Endi menga ayt-chi, sen shu topshiriqni bajarayotganingda kimlar gapirib o‘tirdi, kimlar telefoniga qaradi?


Yigit javob berdi:

– Men qayerdan bilay, axir butun diqqatim suvni to‘kib qo‘ymaslikda edi.


Imom dedi:

– Ana ko‘rdingmi? Sen topshiriqni bajarayotganingda butun fikru hayolingni bir joyga jamlading. Allohning huzurida turganimizni his qilib, xayolimizni ibodatga, Uning zikriga qaratsak, boshqalarning xatosini ko‘rishga vaqtimiz ham qolmaydi. Albatta, kimdir xato qilsa bu sening hidoyatdan yuz burib ketishingga sabab bo‘lmasligi kerak. Chunki xato dinniki yo masjidniki emas, balki bandaniki...


Yigit o‘ylab ko‘rib, xato qilganini tushundi. Keyingi jamat namozlarida xushu bilan qatnashishda davom etdi. 


Akbarshoh RASULOV