Jumodul avval oyining so‘nggi haftasida ro‘y bergan diniy-ma’rifiy sohadagi muhim yangiliklar bilan tanishing!
00:00 Anons
00:52 Butunjahon sammitida O‘zbekiston tajribasi yuqori baholandi
01:46 Shayx Nuriddin Xoliqnazar: Tabiat — Allohning omonatidir!
03:07 Oliy ma’hadda zamonaviy diniy masalalarga oid anjuman muvaffaqiyatli o‘tdi
03:47 Perlis muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi
04:35 Allomalarimiz merosida yot g‘oyalarga qarshi raddiyalar
05:00 “Islom tamadduni namoyandalari” xiyoboni qurilishi bilan tanishildi
05:35 Tailandliklar uchun umra+ ziyorati Buxorodan boshlandi
05:52 Ta’lim muassasalarida sport musobaqalari o‘tkazildi
06:14 Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusidir
06:33 “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Matbuot va media bo‘limi xodimi Davronjon Tursunovning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan hoji onaning yaqinlariga xususan, Davronjon hoji Tursunovga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun, asr namozidan so‘ng "Eshonxo‘ja ota" jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz