Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447
Yangiliklar

Hamyurtimiz Quvaytdagi xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi

11.11.2024   20985   1 min.
Hamyurtimiz Quvaytdagi xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi

2024 yil 13-20 noyabr kunlari Quvayt davlatida 13-xalqaro Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada "Ko‘kaldosh" bilim yurti 4-kurs talabasi Fayzullohxon qori Hamidov ishtirok etadi. 

Hamyurtimiz xalqaro Qur’on musobaqasiga ertaga, 12 noyabr kuni Quvayt shahriga jo‘nab ketadi.

Shu munosabat bilan Fayzullohxon qori bugun 11 noyabr kuni "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limiga kelib, bo‘lim mudiri ustoz Shayx Alijon qori Fayzulloh Mahdumdan kerakli ko‘rsatma va xayrli duolarni oldi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Hamyurtimiz Quvaytdagi xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi Hamyurtimiz Quvaytdagi xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Otam o‘rgatgan uch amal

11.07.2025   2382   1 min.
Otam o‘rgatgan uch amal

Otam menga o‘rgatgan uchta ishni hech qachon unutmayman. Sizlarga ham ular haqida aytib bergim keldi.

Birinchisi, otam mening qo‘limdan tutib, yozishni o‘rgatardi. Men o‘qish va yozishni otamdan o‘rgandim. Hayotim mobaynida nimaiki yaxshi narsa o‘qisam, yozsam, uning savobidan otamga ham nasiba borib turadi, inshoalloh.

Ikkinchisi, otam tirnoqlarimni olib qo‘yar, menga bu ishning ahamiyati, tirnoq ostidagi mikroblarning zarari, xususan, ovqat paytidagi ziyoni haqida gapirib berardi. Biroz kattaroq bo‘lganimda tirnog‘imni o‘zim olishimni o‘rgatdi. Har tirnoq olganimda shularni eslab, haqiga duo qilib qo‘yaman.

Uchinchisi, otam nonushta qilmay uydan chiqishimga yo‘l qo‘ymasdi. Sog‘lom bo‘lishda ertalabki nonushtaning ahamiyatini keyin bilib oldim. Har nonushta qilganimda ham otamning haqqiga duo qilaman.

Ma’ruzalarimdan birida yig‘ilganlardan: «Farzandlaringizga har kuni qo‘llaydigan uchta ajoyib odatingiz bormi?» deb so‘radim. Bir ota dedi: «Ishga ketishimdan oldin ularni o‘pib qo‘yaman, asr namozini o‘qib bo‘lgach, ularing har biri uchun duo qilaman, uyquga yotishlaridan oldin ularni bag‘rimga bosaman».

Siz ham o‘zingizdan so‘rab ko‘ring-chi, otangiz yoki onangiz siz uchun bajaradigan uchta eng yaxshi ishni eslay olasizmi? Yoki o‘zingiz bolangizga uchta yaxshi odatni o‘rgatyapsizmi?.. 

Abdulloh Muhammad Abdulmu’tiyning

"FARZAND TARBIYASIDA 700 SABOQ" kitobidan

Ibratli hikoyalar