Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

Muftiy hazratlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar

14.11.2024   47204   1 min.
Muftiy hazratlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar

Bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan  uchrashuv o‘tkazdilar.

Ilmiy-ma’rifiy suhbatda so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy jabhada juda katta o‘zgarishlar amalga oshirilgani, yurtimizda 100 ta yangi jome masjid ochilgani, ko‘plari havas qiladigan darajada obod bo‘lgani, Qur’oni karim kurslarida bir necha o‘n ming fuqaro Qur’oni karimni mutolaa qilishni o‘rgangani, haj-umra safariga borgan kishilar soni sezilarli oshgani kabilarni aytish barobarida oyat va hadislar asosida mana shunday ne’matlarga shukr qilish zarurligi bildirildi.

Uchrashuvda ilm va kasb-hunarga targ‘ib qiluvchi shar’iy dalil va hayotiy misollardan keltirib, har bir ota-ona farzandiga elu yurt uchun kerak bo‘ladigan hunar va foydali ilmlarni o‘rgatishi lozimligi tushuntirildi. Shuningdek, yosh avlod ongiga ona yurtga muhabbat, tinch-osoyishta hayotimizni qadriga yetish hamda shukronalik tuyg‘ularini singdirish kabilarga urg‘u qaratildi. 

Muloqot davomida Muftiy hazratlari o‘qituvchi va talabalarning ilm, oila, ijtimoiy va ibodatga oid savollariga batafsil javob berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Muftiy hazratlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar Muftiy hazratlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar Muftiy hazratlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar Muftiy hazratlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar Muftiy hazratlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar Muftiy hazratlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar Muftiy hazratlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar Muftiy hazratlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar Muftiy hazratlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Erhan Afyonju: O‘zbekiston – turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan zamin

18.08.2026   32544   1 min.
Erhan Afyonju: O‘zbekiston – turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan zamin

Turkiyaning “CNN-Türk” telekanalida efirga uzatilgan “Tafakkur doirasi” dasturida so‘zga chiqqan taniqli olim, Milliy mudofaa universiteti rektori, professor Erhan Afyonju O‘zbekistonning boy tarixiy merosi va sayyohlik salohiyati haqida fikr yuritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ko‘rsatuvda qatnashgan turk tarixchisi Erhan Afyonju O‘zbekistonni turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan alohida geografik hudud sifatida ta’riflagan.

Olimning fikricha, juda ko‘pchilik sayyohlar O‘zbekistonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni istaydi. Chunki dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi shaharlar ana shu zaminda joylashgan.

Turk tarixchisi yoshlarga murojaat qilib, xorijga sayohat qilishni, avvalo, Turkiy dunyo mamlakatlarini kashf etish, ajdodlar yurti bilan yaqindan tanishishdan boshlash lozim ekanini ta’kidladi.

“Yoshlarga tavsiyam shuki, hozir xorijga sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, avvalo Turkiy zaminni aylaning. Masalan, O‘zbekistonga borib, tarixiy shaharlarni ko‘rib keling, ajdodlaringiz yurti bilan tanishing. So‘ng Saljuqiylar davlati barpo etilgan zaminlarni ko‘ring”, – dedi professor.

Erhan Afyonjuning ta’kidlashicha, bunday sayohatlar yoshlar uchun har tomonlama foydali va qiziqarli bo‘lib, ularning tarixiy xotirasi va dunyoqarashini boyitadi.

“Masalan, Samarqandning go‘zalligini dunyoning ko‘p joylarida topa olmaysiz. Ayniqsa, turk yoshlari o‘z ajdodlari yashagan zaminni borib ko‘rishlari lozim”, – dedi olim.

Professor O‘zbekistonni turkiy sivilizatsiyaning asosiy beshiklaridan biri, ilm-fan markazi sifatida ham alohida e’tirof etgan.

Shuningdek, turk tarixchisi O‘zbekistonning nafaqat tarixiy va madaniy, balki geografik jihatdan ham yashash uchun qulay hudud ekanini ta’kidlagan.

Dastur davomida professor bildirgan fikr-mulohazalar Turkiya jamoatchiligi orasida O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, boy madaniy merosi va turizm salohiyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari