frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Ko‘chat ekuvchining haqqiga farishtalar istig‘for aytadi

25.11.2024   13611   1 min.
Ko‘chat ekuvchining haqqiga farishtalar istig‘for aytadi

Alloh taolo insoniyatni ozodalikka, jismu iymoni, uy-joyi – Vatanini pok tutishga, bog‘u rog‘lar o‘stiruvchi va Yer yuzini obod qiluvchilardan bo‘lishga chaqiradi. 

Yuqoridagi chaqiriqqa monand ayni kunlarda O‘MI Buxoro viloyati vakili Jobir domla Elov boshchiligida viloyatimizdagi barcha masjid, madrasa va ziyoratgohlarda yashil makonlarni ko‘paytirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, din peshvolari tomonidan hududlarda yashil maydonlar barpo etilmoqda.

Zero, hadis shariflarda: “Albatta, farishtalar ekin yoki ko‘chat ekuvchining haqqiga, modomiki, ekkan narsasi ko‘karib turarkan, istig‘for aytib turishadi”, - deyiladi.

Yaratgan Zot bu hayrli ishlarni bardavom va barokatli qilsin!

Buxoro viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Ko‘chat ekuvchining haqqiga farishtalar istig‘for aytadi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Agar bolam tuzalib ketsa...

27.06.2025   9031   1 min.
Agar bolam tuzalib ketsa...

Savol: Farzandim davolanish uchun xorijga ketgan edi. Men agar bolam tuzalib kelsa, tilla taqinchoqlarimni sadaqa qilaman, deb nazr qilgan edim. Alhamdulillah, tuzalib keldi. Sadaqa qilaman, deb tursam, qaynonam, taqinchoqlaringiz toza tilladan, uni menga soting va pulini sadaqa qilaverasiz, deb talab qilmoqda. Nima qilsam, to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazhabimizda zakot, fitr sadaqasi, ushr va nazr kabi vojib sadaqalarda, ularning qiymatini berish mumkin. Shu bois siz ham tillangizning o‘zini yoki sotib, pulini sadaqa qilsangiz ham bo‘ladi. Faqat sotishda, bozordagi narxi e’tiborga olinadi. Undan kam narxga sotish mumkin emas.

Kam narxga sotsangiz, tafovutini o‘zingizdan qo‘shib sadaqa qilishingiz lozim bo‘ladi. Masalan, tilla taqinchoqlaringiz narxi nazrni ado qilish kunlarida bozorda 10 million so‘m bo‘lsa, lekin tanishim yoki yaqin insonim deb, 8 millionga sotsangiz, yoniga 2 million qo‘shib, sadaqa qilasiz va shu bilan nazringizdan qutilasiz. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi