Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2026   |   29 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:59
Quyosh
05:29
Peshin
12:28
Asr
17:23
Shom
19:31
Xufton
20:58
Bismillah
12 Avgust, 2026, 29 Safar, 1448

Umra darsi bo‘lg‘usi hojilarga manfaatli bo‘ldi

25.11.2024   38375   1 min.
Umra darsi bo‘lg‘usi hojilarga manfaatli bo‘ldi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi Dilkusho jome masjidida navbatdagi umra darslari o‘tkazildi.

 Darsda “Abu Hafs Kabir” jome masjidi imom-xatibi,  “Mir Arab” madrasasi o‘qituvchisi Akram domla Abdullayev navbatdagi umra safariga ketayotgan 13-14 -guruh a’zolari va tayinlangan ellikboshilar ishtirok etdi. 

Ma’ruzada Akram domla Abdullayev so‘zga chiqib, umra ziyoratining ahkomlari, safar odoblari, musofir kishining ibodati, safar oldidan tayyorgarlik kabi mavzularni o‘tib berdi.   

Dars mobaynida ishtirokchilarni qiziqtirgan aqidaviy, fiqhiy va diniy-ijtimoiy mavzulardagi savollarga ustoz tomonidan atroflicha tushunchalar berib o‘tildi

Alloh taolo umraga otlanayotgan hamyurtlarimizning safarini xayrli qilsin, Baytullohni tavof qilishni barchamizga nasib etsin!

Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati 

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Siz eng boy odamsiz!

10.08.2026   8696   1 min.
Siz eng boy odamsiz!

Insonning fe’li qiziq: biz ko‘pincha o‘zimizda yo‘q narsalar haqida qayg‘urib, qo‘limizdagi bebaho ne’matlarni odatdagi holdek qabul qilamiz. Vaholanki, biz oddiy deb bilgan qulayliklar, sog‘liq va boshqa imkoniyatlar sayyoramizning millionlab aholisi uchun eng katta orzu hisoblanadi.


Jumladan, bugungi tongni dunyo bo‘yicha 174 mingga yaqin inson qarshi ololmadi. Ayni damda 50 milliondan ortiq odam saraton kasalligi bilan kurashmoqda. 300 million inson ranglar jilosini ko‘rish baxtidan mahrum. 400 millionga yaqin kishi esa eshitish moslamalarisiz dunyo tovushlarini eshita olmaydi. 770 milliondan ortiq katta yoshdagi inson hanuzgacha o‘qish va yozishni bilmaydi. 2,5 milliarddan ziyod aholi global axborot va internet imkoniyatlaridan uzilgan holda yashamoqda. 6,5 milliard inson esa samolyotda umuman uchib ko‘rmagan...


Bu raqamlar shunchaki quruq ko‘rsatkichlar emas. Ular ortida millionlab insonlarning ana shunday ayanchli taqdiri yotibdi.
Agar siz hozir ushbu matnni o‘qiy olayotgan, atrofdagi ranglar va tovushlarni his qilayotgan, eng muhimi, yangi kunni sog‘-omon yashayotgan bo‘lsangiz, demak, siz sayyoradagi eng baxtli insonlardan birisiz. Shunday ekan, turmush tashvishlaridan nolishni to‘xtating. Yon-atrofga boqing: siz yashayotgan bugungi kunga kimlardir yetmadi. Demak, har bir xotirjam olingan nafas, har tinch otgan tong uchun Yaratganga hamdlar aytib, shukronalik kayfiyati bilan yashang. Chunki siz eng boy odamsiz!
 

Akbarshoh RASULOV

 

Ibratli hikoyalar