Toshkentda Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlandi.
Bu kampaniya ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirishga chorlaydi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z logotipini olov rangga o‘zgartirdi. Bu rang umid, yorug‘lik va zo‘ravonliksiz kelajak ramzidir.
Agentlik barchani ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlash, muammoga e’tibor qaratish va birdamlikni namoyish etishga chorlaydi.
Birgalikda biz dunyoni xavfsizroq qila olamiz. Zero, zo‘ravonlik hech qachon oqlanmaydi.
O‘zA
Har haftaning chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan fuqarolar qabuli bu safar ham aholi vakillarining murojaatlarini o‘rganish, muammolarga yechim topishga qaratildi.
Joriy haftadagi qabulda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov poytaxtimizdan hamda yurtimizning turli shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning shaxsiy va jamoaviy masalalari, taklif va mulohazalarini tingladi.
Qabul yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, fuqarolar murojaatlarini tezkor va adolatli hal etish bo‘yicha choralar belgilandi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrlarini eshitish va islohotlarga jamoatchilikni faol jalb etish borasidagi ishlar doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati