frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Maqolalar

Qorin ochligi

25.11.2024   11013   1 min.
Qorin ochligi

Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qorinlari nihoyatda och edi. Yotib uxlamoqchi bo‘ldilar ammo uxlashga ham qiynaldilar. Bir muddatdan keyin o‘rinlaridan turib, bir toshni qorinlariga qo‘yib yotmoqchi bo‘ldilar. Bu holatni ko‘rgan Oisha roziyallohu anho onamiz qattiq havotirlandilar.

Oisha roziyallohu anho onamizning ko‘zlariga yosh keldi. “Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilsangiz, Siz uchun hamma narsa muhayyo bo‘ladiku”, dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mendan oldingi Payg‘ambarlar ham shu holatda ketishdi. Men ham Robbimning huzuriga shunday boraman”, dedilar.

Abu Tolha roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ochlikdan shikoyat qildik. Qornimizga (bog‘lab olingan) bittadan toshni olib ko‘rsatdik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita toshni olib ko‘rsatdilar”.

Bugun uyingizda biror taom tayyorlayotganingizda yoningizdagi qo‘shningizning qorni och bo‘lishi mumkinligini esdan chiqarmang. Hovlingizda tutunini chiqarib tansiq taom pishirsangiz, qo‘shni xonadonda homilador kelin bo‘lsa, ularga ham chiqarishni unutmang. Qaynatma sho‘rva qilsangiz ovqatga ko‘proq suv soling bir kosa qo‘shniga ham berasiz.

Oisha onamiz roziyallohu anho: “Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oilasi bir kunda ikki marta yegulik yemagan, yesa ham bittasi xurmo bo‘lgan”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Akbarshoh RASULOV

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namanganda bolajonlarga sunnat to‘yi qilib berildi

05.08.2026   12715   1 min.
Namanganda bolajonlarga sunnat to‘yi qilib berildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida "Vaqf" xayriya jamoat fondining Namangan viloyati filiali tomonidan ezgu tashabbus amalga oshirildi.


Ijtimoiy himoya milliy agentligi tavsiyasiga asosan, viloyatning turli hududlaridan kelgan, boquvchisini yo‘qotgan va mehrga muhtoj 35 nafar bolajon uchun sunnat to‘yi tashkil etildi.


Tadbir tafsilotlari: 

– Har bir to‘y bolasiga homiylar tomonidan velosiped, kostyum-shim va bayramona sarpolar hadya qilindi.

–  Bolajonlar va ularning yaqinlari uchun bayram dasturxoni yozilib, unutilmas va ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

– Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdulloh domla Samatov ishtirok etib, bu xayrli ishga hissa qo‘shgan homiylarga minnatdorlik bildirdi va farzandlar kamolini so‘rab duo qildi.


Bu kabi savobli tadbirlar jamiyatimizda mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Namanganda bolajonlarga sunnat to‘yi qilib berildi Namanganda bolajonlarga sunnat to‘yi qilib berildi Namanganda bolajonlarga sunnat to‘yi qilib berildi Namanganda bolajonlarga sunnat to‘yi qilib berildi Namanganda bolajonlarga sunnat to‘yi qilib berildi
O'zbekiston yangiliklari