Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyul, 2026   |   9 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:04
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:53
Xufton
21:23
Bismillah
23 Iyul, 2026, 9 Safar, 1448
Maqolalar

Qorin ochligi

25.11.2024   10546   1 min.
Qorin ochligi

Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qorinlari nihoyatda och edi. Yotib uxlamoqchi bo‘ldilar ammo uxlashga ham qiynaldilar. Bir muddatdan keyin o‘rinlaridan turib, bir toshni qorinlariga qo‘yib yotmoqchi bo‘ldilar. Bu holatni ko‘rgan Oisha roziyallohu anho onamiz qattiq havotirlandilar.

Oisha roziyallohu anho onamizning ko‘zlariga yosh keldi. “Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilsangiz, Siz uchun hamma narsa muhayyo bo‘ladiku”, dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mendan oldingi Payg‘ambarlar ham shu holatda ketishdi. Men ham Robbimning huzuriga shunday boraman”, dedilar.

Abu Tolha roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ochlikdan shikoyat qildik. Qornimizga (bog‘lab olingan) bittadan toshni olib ko‘rsatdik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita toshni olib ko‘rsatdilar”.

Bugun uyingizda biror taom tayyorlayotganingizda yoningizdagi qo‘shningizning qorni och bo‘lishi mumkinligini esdan chiqarmang. Hovlingizda tutunini chiqarib tansiq taom pishirsangiz, qo‘shni xonadonda homilador kelin bo‘lsa, ularga ham chiqarishni unutmang. Qaynatma sho‘rva qilsangiz ovqatga ko‘proq suv soling bir kosa qo‘shniga ham berasiz.

Oisha onamiz roziyallohu anho: “Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oilasi bir kunda ikki marta yegulik yemagan, yesa ham bittasi xurmo bo‘lgan”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Akbarshoh RASULOV

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

MAGISTRLARNING OYLIK ISH HAQIGA 20 FOIZDAN QO‘SHIMCHA USTAMA HAQ BЕRILADI

22.07.2026   4510   1 min.
MAGISTRLARNING OYLIK ISH HAQIGA 20 FOIZDAN QO‘SHIMCHA USTAMA HAQ BЕRILADI

Fayzli tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari o‘z nutqlarida Toshkent islom instituti magistratura ta’lim bosqichini ilk bitiruvchilar muvaffaqiyatli tamomlagani ulkan tarixiy voqea bo‘lgani, Yurtboshimizning tashabbusi bilan ulamolarimiz va mo‘min-musulmon xalqimizning ana shunday orzu umidlari, ixlos bilan qilgan duolari ijobat bo‘lganini alohida ta’kidladilar.
 

Marosim davomida Muftiy hazratlari har bir bitiruvchini samimiy tabriklash barobarida magistrlik diplomlarini tantanali ravishda topshirdilar.


 

Shundan so‘ng Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida mehnat faoliyatini boshlayotgan magistrlarning oylik ish haqiga 20 foiz miqdorida ustama haq to‘lab berilishini e’lon qildilar.



Bunday rag‘bat va imtiyozlar diniy-ma’rifiy sohada yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega ilmiy-pedagog kadrlar avlodini shakllantirishga xizmat qiladi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

MAGISTRLARNING OYLIK ISH HAQIGA 20 FOIZDAN QO‘SHIMCHA USTAMA HAQ BЕRILADI MAGISTRLARNING OYLIK ISH HAQIGA 20 FOIZDAN QO‘SHIMCHA USTAMA HAQ BЕRILADI MAGISTRLARNING OYLIK ISH HAQIGA 20 FOIZDAN QO‘SHIMCHA USTAMA HAQ BЕRILADI MAGISTRLARNING OYLIK ISH HAQIGA 20 FOIZDAN QO‘SHIMCHA USTAMA HAQ BЕRILADI
O'zbekiston yangiliklari