Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2026   |   28 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:28
Peshin
12:30
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
21:00
Bismillah
11 Avgust, 2026, 28 Safar, 1448

Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi

26.11.2024   57168   2 min.
Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi

2024 yil 26 noyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari, Toshkent viloyati vakilligi xodimlari, tuman va shaharlarning bosh imom-xatiblari,  Yangiyo‘l tumani imom-xatiblari, otinoyilari, shuningdek, “Haj – 2024” ziyoratchilari va mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda imom-xatib hamda otinoyilar “Haj – 2024” ziyoratchilarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish, masjidni boshqarish, faoliyati hamda hujjat yuritish ishlarini yaqindan o‘rganish, peshin namozlarida dolzarb mavzuda ma’ruza qilish kabi masalalar muhokama qilinib, Ishchi guruh tuzildi. 

 

Kun davomida Ishchi guruh a’zolari Yangiyo‘l shahrining 2 ta masjidi hamda 22 ta mahallasiga biriktirildi. Shuningdek, ishchi guruh a’zolari oilalarga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlari olib bordilar.

Targ‘ibot tadbiri davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amaliy targ‘ib qilindi. Xususan, Yangiyo‘l tumanidagi “Xonto‘ra hoji” jome masjidi hududida 100 tup mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, “Ezgulik bog‘i” nomli mo‘jaz bog‘ yaratildi.


Zayniddin domla Eshonqulov ko‘chat ekishda qatnashgan imom-xatiblar va mahalliy aholisiga yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shishning ahamiyati haqida so‘zlash barobarida mazkur bog‘ aytilgan so‘zning amaliy ifodasi bo‘lganini shar’iy dalil va hayotiy misollar bilan tushuntirib, barchani bunday ezgu ishlarga hissa qo‘shishga chaqirdi.


Tadbir so‘ngida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Yangiyo‘l tumani masjidlardagi kamchiliklarni bartaraf etish, imom-xatiblarning ma’naviy-ma’rifiy hamda masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. 


Toshkent viloyati imom-xatiblari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati 2024 yilning 12 dekabr kuni Chinoz tumanida o‘tkazilishi rejalashtirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi Yangiyo‘ldagi masjid hovlisiga 100 tup mevali daraxt ko‘chati ekildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Azzaman” gazetasi: Yangi O‘zbekistonda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda

11.08.2026   19555   2 min.
“Azzaman” gazetasi: Yangi O‘zbekistonda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda

Iroqning “Azzaman” gazetasida “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi: Davlat barpo etishdan Uchinchi Renessans sari” nomli maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar hamda mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi tobora yuksalib bormoqda.

1991 yilda qo‘lga kiritilgan mustaqillik O‘zbekiston xalqi hayotida tarixiy burilish yasab, milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish, iqtisodiy taraqqiyot poydevorini yaratish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash jarayonini boshlab berdi.

2016 yildan boshlab Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda “Yangi O‘zbekiston” tamoyili asosida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda izchil va muvozanatli rivojlanish yo‘lidan borayotgan davlat sifatida e’tirof etilmoqda.

Muallif O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiyalarni jalb etish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratgan.

Maqolada aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlari sifatini oshirish, yoshlar hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar haqida ham alohida fikr yuritilgan.

Nashrda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Uchinchi Renessans” g‘oyasi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida baholangan. Unda Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy va Imom Termiziy kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan yurt bugungi kunda ilm-fan, innovatsiya, texnologiya va inson kapitalini rivojlantirish orqali yangi uyg‘onish davrini yaratishga intilayotgani qayd etilgan.

Iroq matbuoti O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rniga ham to‘xtalib, mamlakatda boy ilmiy-ma’rifiy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilayotganini ta’kidlagan. Jumladan, Toshkent shahrida bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi Movarounnahr allomalarining jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini namoyish etuvchi muhim ilmiy-madaniy maskan sifatida qayd etilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari