Bir o‘g‘il keksa onasini restoranga ovqatlanishga olib bordi. U ancha quvvatdan qolgani uchun qo‘llaridan ovqat tushib kiyimini iflos qilar edi. Bu holatni ko‘rganlar onaxonga jirkanib qarashardi. Lekin o‘g‘il bunga e’tibor qilmas, onasini ehtirom qilishda davom etardi.
Ovqatlanib bo‘lgach, o‘g‘il onasining ko‘ylagini tozalab qo‘ydi. O‘tirganlarning hammasi buni jim kuzatishdi. Ona bola sekin eshik tomonga yurayotganida bir yoshi ulug‘ odam o‘g‘ilni chaqirib: “Hech narsa qoldirmadingmi?” deb so‘radi. Shunda o‘g‘il: “Yo‘q hamma narsani oldim”, dedi. Yoshi katta odam: “Siz hozir barcha o‘g‘il farzandlar uchun dars, onalar uchun umid qoldirib ketdingiz”, deb javob qildi.
Hozir onangiz hayotmi? Uning qadriga yeting, e’zozlang! Keyin armon bo‘lib qolmasin! Bu olamni tark etsalar, bu daqiqalar armon bo‘lib qolishini, unutmang.
Akbarshoh Rasulov tarjimasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Matbuot va media bo‘limi xodimi Davronjon Tursunovning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan hoji onaning yaqinlariga xususan, Davronjon hoji Tursunovga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun, asr namozidan so‘ng "Eshonxo‘ja ota" jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz