Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447
Yangiliklar

Masjid binosiga ilk g‘isht qo‘yish, ko‘chat ekish va fuqarolar bilan muloqot

28.11.2024   18942   1 min.
Masjid binosiga ilk g‘isht qo‘yish, ko‘chat ekish va fuqarolar bilan muloqot

Farg‘ona vakilligi faoliyatidan

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida 14 ta masjid faoliyat olib bormoqda. Ularda 25 nafar malakali imom-xatib va imom-noiblar xizmat olib bormoqdalar. Masjidlarda obodonchilik ishlari olib borilib, mo‘min-musulmonlar uchun qulay shart-sharoitlar hozirlanmoqda.

Imom-xatiblar va masjidlar faoliyatini o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev Buvaydaga tashrif buyurdi. Tuman bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Nizomov boshchiligida tumanda faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblari hamda "Haj — 2024" mavsumida ziyoratga borgan hojilar ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholiga sof islom ta’limotlarini yetkazish, yoshlarni sof aqida asosida, vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashda mas’ullar oldida turgan vazifalarga to‘xtalindi.


"Salmoni Forsiy" masjidida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Tumanning Guzar, Buvayda va Ipak yo‘li mahalla fuqarolari yig‘inidan tashrif buyurgan fuqarolar murojaati tinglanib, ularning savollariga javob berish barobarida amaliy ko‘mak berish choralari ko‘rildi.


Masjid hududiga manzarali va gul ko‘chatlari o‘tkazilib, "Yashil makon" umummilliy loyihasining ahamiyati, ko‘chat ekishning foydalari, loyihada faol bo‘lishning manfaati xususida gapirildi.


Shuningdek, "Mansurxonto‘ra" masjidi bir yarim ming namozxon uchun mo‘jallangan, zamonaviy arxitektura talablariga hamohang ravishda ishlangan loyiha asosida qayta qurilmoqda. Namozgohning yangi binosiga g‘isht qo‘yilib, boshlangan ishlar xayrli bo‘lishini tilab duo qilindi.


Farg‘ona viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Masjid binosiga ilk g‘isht qo‘yish, ko‘chat ekish va fuqarolar bilan muloqot Masjid binosiga ilk g‘isht qo‘yish, ko‘chat ekish va fuqarolar bilan muloqot Masjid binosiga ilk g‘isht qo‘yish, ko‘chat ekish va fuqarolar bilan muloqot Masjid binosiga ilk g‘isht qo‘yish, ko‘chat ekish va fuqarolar bilan muloqot
Boshqa maqolalar

Bu kampirga nega iliq munosabat ko‘rsatdingiz?

09.07.2025   6383   1 min.
Bu kampirga nega iliq munosabat ko‘rsatdingiz?

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

U kishi aytadilar: Bir kampir Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U zot mening huzurimda edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: — «Siz kimsiz?» — dedilar. U: — «Men Jusama al-Muzaniyyaman», — dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — «Yo‘q, siz — Hasona al-Muzaniyyasiz! O‘zingiz qandaysiz? Ahvollaringiz qanday? Biz ketgandan keyin qanday yashayapsizlar?» — dedilar. U: — «Yaxshimiz, otam va onam sizga fido bo‘lsin, ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam​», — dedi.

Kampir chiqib ketgach, men dedim: — «Yo Rasululloh, shu kampirga bunchalik iliq munosabat ko‘rsatmasangiz?» Shunda u zot: — «U Xadicha zamonida uyimizga kelib turar edi. Eski tanishlar bilan chiroyli muomala qilish iymondandir», dedilar.

Homidjon qori ISHMATBЕKOV