Imom G'azzoliy “Ihyou ulumid-din” kitoblarida ushbu hadisni keltiradilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Nafsingizga qarshi ochlik va chanqoqlik bilan kurashinglar. Albatta bu ikkisining ajri Alloh yo'lida jihod qiluvchining ajri kabidir”, dedilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xuzurlariga kirdim va u zot alayhissalomni o'tirib namoz o'qiyotgan holatlarida topdim. Bas, u kishidan buning sababini so'radim. U zot alayhissalom: “Ochlik sababli, turib namoz o'qishga xolim yo'qligidan o'tirib namoz o'qiyapman”, dedilar. Buni eshitib men yig'ladim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.: “Yig'lama, ey Abu Hurayra! Albatta qiyomat kunining shiddati Allohdan savob umidida och yuruvchi kishiga etmaydi”, dedilar (Mansur rivoyati).
“Alloh taoloning huzurida manzil jihatidan eng afzalingiz ochligi va tafakkuri uzunroq bo'lganingizdir. Alloh yomon ko'radigan kishilar esa har bir ko'p uxlovchi va ko'p eb-ichuvchilardir”(Imom G'azzoliy).
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Qalblaringizni ochlik va dag'al libos kiyishlik bilan munavvar qilinglar. Albatta shayton insonning qon tomirlarida yuradi. Uning yo'lini ochlik bilan toraytiringlar”.
Yahyo ibn Mu'oz ar-Roziy aytadilar: “Vasvasa shaytonning urug'idir. Agar unga er va suv berilsa o'sadi, agar bu ikkisi topilmasa qurib ketadi”. Aytildi: “Yer nimayu, suv nima?”. Aytdilar: “To'qlik vasvasa uchun er, uyqu esa u uchun suvdir”.
Aytiladiki: “Dunyoda ochlikni ixtiyor qilganlar, oxiratda to'q bo'ladilar. Bu dunyoda to'q bo'lgan insonlarning ko'plari oxiratda och bo'ladilar”.
Imom G'azzoliy rahimahulloh “Ihyou ulumid-din” kitoblarida bunday deydilar: “To'q qorin ustiga ovqatlanish moxov kasalini keltirib chiqaradi”.
Sahl ibn Abdulloh rahmatullohi alayhi aytadilar: “Oxirat talabida yurgan kishi uchun to'qlikdan ko'ra zararliroq narsani bilmayman”.
Aytishadiki: “Agar Fir'avn och bo'lganda, xudolikni da'vo qilmagan bo'lardi”.
Eng asosiysi esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. aytganlaridek: “Bir banda Alloh yo'lida bir kun ro'za tutsa, o'sha kungi ro'zasi sababli Alloh uning yuzini do'zaxdan etmish yillik masofaga uzoq qiladi”(Muttafaqun alayh).
Yorbek ISLOM
Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.
Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.
Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati