Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Noyabr, 2026   |   14 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:58
Quyosh
07:16
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
24 Noyabr, 2026, 14 Jumadul soni, 1448

16.01.2024   1707   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

24.11.2026   8469   1 min.
Toshkent islom instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2026–2027 o‘quv yili doirasida 23 noyabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida Kengashning navbatdagi 02-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga institut rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov raislik qildi.

Kun tartibidan ta’lim jarayoni, ilmiy faoliyat, talabalar bilan ishlash hamda institutning tashkiliy masalalariga oid qator muhim masalalar o‘rin oldi.

Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va institut buyruqlari, shuningdek, Kengash qarorlarining ijrosi, fuqarolar murojaatlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzulari, magistrlarning shaxsiy kalendar ish rejalari va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, institutning 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul natijalari, talabalarning xalqaro va respublika fan olimpiadalaridagi ishtiroki, bakalavriat 4-bosqich talabalari uchun pedagogik amaliyotni tashkil etish, magistratura 2-bosqich talabalarining ilmiy rahbarlarini o‘zgartirish, talabalarga akademik ta’til berish va ularni talabalar safidan chetlashtirish hamda o‘quv qo‘llanmasini nashrga tavsiya etish masalalari muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglanib, ular bo‘yicha atroflicha fikr almashildi. Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

TII Kengash kotibi M. Mirismailov

O'zbekiston yangiliklari