3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Namangan shahridagi “Royal” tantanalar majmuasida nogironligi bo‘lgan hamyurtlarimiz uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Namangan viloyati bosh imom xatibining birinchi o‘rinbosari Obidxon domla Ikramov ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda barcha fuqarolar kabi nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.
Vaqf xayriya jamoat fondi Namangan viloyat filiali tomonidan taqdim etilgan bayram dasturxoni va sovg‘alar tadbir mehmonlariga xush kayfiyat baxsh etdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Savol: Ba’zan namoz o‘qiyotganimda, tashqaridagi odam chaqirib qoladi. Javob berilmasa, chaqiraveradi. Shunda namozda ekanimni bildirish uchun “Allohu akbar”, desam, namozim buzilmaydimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu holatda namoz buzilmaydi. Chunki takbir (Allohu akbar), tasbeh (Subhanalloh), tahlil (Laa ilaha illalloh) kabi kalimalar bilan namozda ekanini bildirishni Payg‘ambar alayhissalom o‘rgatganlar. Kishi bu zikrlarni namozda ekanini bildirish uchun aytsa, namozi buzilmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.