frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol

03.12.2024   53540   1 min.
Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol

Bugun, 2 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligi tashabbusi bilan Namangan shahar "Hidoya" o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida 20 sotix joyga 200 tupdan ortiq mevali ko‘chatlar ekildi. 

Ushbu tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xotamov va viloyatda faoliyat olib borayotgan imomlar ham ishtirok etdilar. 

Shu kunlarda o‘lkamizning turli hududlarida diniy soha xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarida faollik bilan ishtirok etmoqda. "Tabiat – Alloh taoloning omonatidir" shiori ostida keng jabhada ishlar amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Banklar va mikromoliya tashkilotlari o‘z faoliyatini islomiy bank faoliyatiga o‘zgartirishi mumkin

11.08.2026   44739   2 min.
Banklar va mikromoliya tashkilotlari o‘z faoliyatini islomiy bank faoliyatiga o‘zgartirishi mumkin

Adliya vazirligi Mikromoliya tashkiloti va bank faoliyatini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3656-1, 01.08.2026 y.), xabar bermoqda huquqiyaxborot Telegram kanali.

Mazkur idoraviy hujjat "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida" 2026 yil 27 martdagi O‘RQ–1126-son Qonunga muvofiq ayrim kredit tashkilotlari faoliyatini o‘zgartirishning quyidagi tartib-taomillarini belgilaydi:

  • mikromoliya tashkilotini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankiga o‘zgartirish;
  • faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka o‘zgartirish;
  • faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankni faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankiga o‘zgartirish;
  • faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankini mikromoliya tashkilotiga o‘zgartirish;
  • bankni faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka o‘zgartirish.

Shuningdek, o‘z faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka o‘zgartirishga faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki haqli.

Mikromoliya bankini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) olish uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mikromoliya banki binolarida shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi mavjud bo‘lishi kerak.

Tashabbus Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish iqtisodiyotga depozitlar va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ko‘rinishida taxminan 1 milliard dollar jalb qilishi mumkin. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, 2035 yilga borib O‘zbekiston ushbu tizim ishga tushirilgandan beri dunyoda islom moliyasining eng tez o‘sishini namoyish etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari