Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2026   |   13 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:18
Quyosh
05:43
Peshin
12:25
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:30
Bismillah
26 Avgust, 2026, 13 Rabi`ul avval, 1448

100 ta oilaga kirilib, mevali ko‘chatlar ekildi

03.12.2024   47254   1 min.
100 ta oilaga kirilib, mevali ko‘chatlar ekildi

Samarqand viloyati imom-xatiblari xalqimizga yaqin bo‘lish, muammo va kamchiliklarini bartaraf etishda ko‘makdosh bo‘lish maqsadida shahar va tuman bosh imom-xatiblari va iqtidorli imom-xatiblar hamda 20 nafar xoji otalar bugun Toyloq tumanida yig‘ildi. 
 

Tumandagi 20 ta masjid imom-xatiblari bilan hamkorlikda 100 dan ziyod xonadonga, 20 ta mahallaga borilib, muammoli oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatilishi,  nizoli holatlar mahalla ishtirokida bartaraf etilishi va peshin namozida esa jamoat bilan ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi.


Mazkur tadbirlar oldidan viloyat vakilligi mas’ul xodimi Hasanxon domla Temirov boshchiligida imom-xatiblar bilan uchrashib, rahbariyatning kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi. Shundan so‘ng imom-xatiblar taqsimot asosida joylarga chiqdi.


Tashrif davomida Samarqand viloyati vakilligi jamoasi boshchiligida Toyloq tumanida  barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari birgalikda yashil makon loyihasi asosida mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Din peshvolari tomonidan hududlarda yashil maydonlar barpo etish ishlari davom ettirilmoqda.


Zero, hadis shariflarda: “Albatta, farishtalar ekin yoki ko‘chat ekuvchining haqqiga, modomiki, ekkan narsasi ko‘karib turarkan, istig‘for aytib turishadi”, deyiladi.


Sayyor uchrashuv va suhbatlar davom etadi...


Alloh taolo bu xayrli ishlarni bardavom va manfaatli qilsin. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

100 ta oilaga kirilib, mevali ko‘chatlar ekildi 100 ta oilaga kirilib, mevali ko‘chatlar ekildi 100 ta oilaga kirilib, mevali ko‘chatlar ekildi 100 ta oilaga kirilib, mevali ko‘chatlar ekildi 100 ta oilaga kirilib, mevali ko‘chatlar ekildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

17.08.2026   34478   1 min.
Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.

Ochilish marosimida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov so‘zga chiqib, mazkur ma’rifiy tadbirning ahamiyati haqida so‘zlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad diniy soha xodimlarining Qur’oni karim bo‘yicha bilim va mahoratini yanada oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini shakllantirishdir.

Bellashuvda viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar imom-xatib va imom-noib ishtirok etib, Qur’oni karimni o‘qish va yoddan bilish borasidagi bilim va mahoratini namoyish etishdi.

Birinchi o‘ringa Peshku tumani “Chiqirchi” jome masjidi imom-noibi Afzal Shavkatov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Buxoro shahridagi “Volidi Abdulazizxon” jome masjidi imom-noibi Abduvohid Akramovga, uchinchi o‘rin Jondor tumani “Raboto‘g‘lon” jome masjidi imom-xatibi Shuhrat Sherovga nasib etdi.

G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi
Yangiliklar