Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyul, 2025   |   10 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
05 Iyul, 2025, 10 Muharram, 1447

Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas

04.12.2024   4517   1 min.
Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas

Yordamga muhtojlarga ko‘maklashish, mehr va muruvvat ko‘rsatish azaliy qadriyatlarimizdan biri sanaladi. Zero, davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamini kuchli himoya qilish loyihalariga alohida e’tibor qaratilishida ham katta ma’no mujassam.

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shahrimizning bir qator imom-xatiblari bilan birgalikda Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdilar.

Shifo maskanida davolanayotgan bemor bolajonlardan hol-ahvol so‘rab, samimiy suhbatlashib, ularning ko‘ngligiga iliqlik olib kirdilar.

Homiylarni jalb qilgan holda markazga nogironlik aravachalari va yana bir qancha zarur bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalar hadya qilindi. 

Shuningdek, Toshkent shahar bosh imom-xatibi  Olmazor tumanidagi 36-sonli jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uyiga tashrif buyurdi.

Murg‘ak qalb egalari bilan samimiy muloqot qilib, ularga kiyim-kechaklar, shirinliklar va turli hil sovg‘a-salomlar ulashdilar.

Bolajonlarning qalbiga quvonch kirgani ularning shundoqqina yuz-ko‘zlaridan sezilib turardi. Zotan, dunyoda bola quvonchidan ko‘ra beg‘ubor shodlik bo‘lmasa kerak. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi

Matbuot xizmati

Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Profilingiz” sizni uyaltirib qo‘ymasin!

04.07.2025   2720   1 min.
“Profilingiz” sizni uyaltirib qo‘ymasin!

- Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarga kirishdan maqsadingiz shunchaki vaqt o‘tkazish, ermak emas, balki boshqalarga manfaat ulashish, ulardan manfaat olish, ilmni oshirish, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish;

- Fahsh, harom, boshqalarga tegishli rasm va videolarini tarqatish tiyilish;

- Dinni, ulamolarni, shaxslarni, xalqlarni kamsitadigan, obro‘ to‘kishga qaratilgan maqola, rasm va videolarni post qilib qo‘ymang;

- Foydasiz tortishuvlarga kirishmang;

- Mish-mish aytuvchi, tarqatuvchi bo‘lmang! Ma’lumotlarni tarqatishdan oldin tekshirib, aniqlashtiring;

- Postlaringiz bilan odamlarga ilm-ma’rifat, yaxshilik ulashishga intiling va bu ishlarning barchasini Alloh taoloning roziligi uchun qiling;

- Yozayotgan, yuborayotgan, ulashayotgan har bir so‘zingiz oxiratda sizning zararingizga emas, foydangizga guvohlik beradigan so‘z bo‘lishiga diqqat qiling;

- Ijtimoiy tarmoqlardan me’yorida foydalaning! Ibodatni ado etish, oilaning nafaqasi, silai rahm, qo‘shniga yaxshilik qilish kabi zimmangizdagi mas’uliyatlaringizni unutib qo‘ymang;

- Postlarga “yoqdi” tugmasidan bosishdan oldin bu ish iymoningizga futur yetkazadimi yoki yo‘qmi, aniqlab oling! Gunoh bo‘lgan postlarga “yoqdi” tugmasini bosish iymonga salbiy ta’sir etadi;

- Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni oxiratda Alloh taoloning huzurida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilarida xijolat bo‘lib qolmaydigan tarzda yuriting!

Norin tumani “Abu Iso at-Termiziy” jome masjidi

imom-xatibi Maxmudov Yosinxon.

Manba: @SOFTALIMOTLAR

MAQOLA