frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Islom instituti ustozi qiroat bo‘yicha Al-Azhar shayxidan ijoza oldi

05.12.2024   54778   1 min.
Islom instituti ustozi qiroat bo‘yicha Al-Azhar shayxidan ijoza oldi

Toshkent Islom instituti "Qur’on ilmlari" kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne’matov Imom Qolunning Imom Nofe’dan qilgan rivoyati Shotibiy yo‘li orqali Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bog‘langan sanadi bilan ijoza oldi.

Jahongir qori Qur’oni karimni yuqoridagi tariqaning 4 vajhida qiroat qilib, Shayx Ibrohim Muhammad huzurida xatm qildi.

Shu munosabati bilan TII "Qur’on ilmlari" kafedrasi ustozi, 10 ta qiroat bo‘yicha ijoza sohibi, Al-Azhar shayxi Ibrohim Muhammad Jahongir qori Ne’matovga ijoza shahodatnomasini topshirdi.

Toshkent Islom instituti
Matbuot xizmati

Islom instituti ustozi qiroat bo‘yicha Al-Azhar shayxidan ijoza oldi Islom instituti ustozi qiroat bo‘yicha Al-Azhar shayxidan ijoza oldi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

19.08.2026   10875   1 min.
Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

Ularga maktab kiyimlari, poyabzal va ryukzaklar bepul berildi.

Xayriya aksiyasi Toshko‘prik masjidi imomi Doniyor Matlabov tashabbusi bilan o‘tkazildi, xabar bermoqda «Samarkandskiy vestnik» nashri.

Masjid ahli va homiylar ko‘magida 35 ta ehtiyojmand oila farzandlari uchun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zarur narsalar xarid qilindi. Sovg‘alar maktab o‘quvchilariga topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari