Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Avgust, 2025   |   15 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:56
Quyosh
05:26
Peshin
12:34
Asr
17:26
Shom
19:34
Xufton
20:57
Bismillah
09 Avgust, 2025, 15 Safar, 1447
Yangiliklar

Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi

05.12.2024   30990   2 min.
Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi

Dinimiz ehtiyojmand, bemor, nogironligi bor kishilarga g‘amxo‘rlik qilishga buyurib, buning ajru savoblari ulkan ekanligini ta’kidlaydi. Bunday xayrli amalni diniy soha xodimlari, imom-xatiblar kundalik ishiga aylantirgan desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Zero, bugun mahallalarda o‘tkazilayotgan turli diniy-ma’rifiy tadbir bo‘ladimi yoki sayyor uchrashuvlar bo‘lsin, ehtiyojmand va nogironligi bor fuqarolar imom-xatiblar e’tiborida. 

“3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan bunday ezgu ishlar respublikamizda yanada jonlandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida foliyat yurituvchi xodimlar, imom-xatiblar, Vaqf fondi vakillari mazkur sana doirasida xayriya ishlarida yanada jonbozlik ko‘rsatishdi. 

Xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati Yashnabod tumandagi 52-sonli alohida yordamga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari holidan xabar oldi. Bolajonlar bilan dildan suhbat qurib, maktab ma’muriyatiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi nomidan sovg‘alar taqdim qilishdi. 

Toshkent shahar vakilligi xodimlari ham ushbu tadbirlarda faol bo‘lib,  36-sonli jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uyiga tashrif buyurdilar. Murg‘ak qalb egalari bilan samimiy muloqot qilib, ularga jami 20 million so‘mlik kiyim-kechaklar, shirinliklar va turli hil sovg‘a-salomlar ulashdilar. Shuningdek, Olmazor tumani “Mevazor” jome masjidi imom-xatibi tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda Olmazor tumanidagi 36-sonli maktabga 40 million so‘mlik sovg‘a salomlar olib berildi.

Toshkent viloyati imom-xatib va imom-noiblari ham homiylarni jalb qilgan holda mahallalardagi 300 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotlar holidan xabar olib, ularga 121 mln.so‘mlik xayriyalar ulashdilar. 

Xuddi shunday Andijon viloyati imom-xatiblari ham Marhamat tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olinib, sovg‘alar ulashilgan bo‘lsa, Xo‘jaobod tumanida “Nur” tantanalar binosida shunday insonlar uchnu ehson dasturxoni tashkil etildi. Buxoro viloyati imom-xatiblari ham saxovatpesha homiylar bilan birgalikda imkoniyati cheklangan, nogiron fuqarolar holidan xabar olib ularga oziq-ovqat maxsulotlari va xo‘jalik buyumlaridan iborat mahsulotlarni hadya qildilar. Qashqadaryo viloyatida diniy soha xodimlari tomonidan 129 nafar nogironligi bor shaxslar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib 15.8 mln.so‘mlik sovg‘a-salom ulashildi. Farg‘ona viloyati imom-xatiblar esa homiylarni jalb qilgan holda 24.750.000 so‘mlik xayriyalar tarqatdi.

Bunday xayrli tashabbuslar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm viloyatilarida ham davom etib, yuzlab ko‘ngli o‘ksik yurtdoshlarimiz qalbiga shodlik ulashildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi Diniy soha xodimlari minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngliga shodlik ulashdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Men bilmayman”

06.08.2025   4222   3 min.
“Men bilmayman”

Ilmning qadr-qimmati barchamizga ma’lum. Ilm sababli Alloh taolo Odamni farishtalardan afzal qildi. Ilm sababidan farishtalarga Odamga sajda qilishni buyurdi. Alloh taolo olimlar va ilm talabidagilarning martabalarini yuqoriga ko‘tardi. U Zot bunday deya marhamat qiladi: «...Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur...»[1].

Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu aytadilar: “Ilm olinglar! Alloh uchun ta’lim olish – Allohdan qo‘rqishdir. Ilm­ni dars qilish –  tasbehdir. Uni o‘rganish – ibodat, bilmaganga o‘rgatish – sadaqa, amal qilish esa Allohga yaqinlashishdir”.

Ilm sizning qadringizni ko‘taradi va ilm orqali Alloh taologa yaqinlashib borasiz. Abu Bakr Varroq bu borada bunday deydi:

Ilm o‘z sohibin ko‘targay yuksak,
Xoja aylagaydir qulni-da shaksiz.
Rizolik yo‘li ham shul erur demak,
Ilmdan boshqasi abas, keraksiz.

Ilm oluvchi go‘zal odob-axloq ila bezanmog‘i lozim. Umar roziyallohu anhu aytadilar: “Ilm olinglar! Ilm olar ekansiz, sakinat va halimlikni ham o‘rganing. Sizdan ilm o‘rganuvchilar ham sizga nisbatan kamtarin munosabatda bo‘lsinlar, siz ham ilm olayotgan kishingizga tavozeli bo‘ling. Zulmkor olimlardan bo‘lmang. Sizlarning ilmingiz jaholat birla turmas”.

“Men bilmayman” deyish hech qachon ayb sanalmaydi. Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: “Qalbga rohat beradigan eng go‘zal narsa haqida savol so‘rashganida, “Men bilmayman”, deb javob berishdir”, deganlar.

O‘rgangan ilmingizni odamlardan berkitmang. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mendan bir oyat bo‘lsa ham yetkazinglar”[2], deganlar.

O‘rganayotgan narsalaringizga bee’tibor bo‘lib odamlarga yetkazmay yurish yaxshi emas. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim ilmni berkitsa, Alloh taolo qiyomat kunida unga olovdan bo‘lgan yuganni soladi”, [3] deganlar.

Amal qilinmaydigan ilmda xayr yo‘q. Unday odamning ustiga jild-jild kitoblar ortilgan eshakdan farqi yo‘q.

Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu bunday deydilar: “Ilm o‘rganib, unga amal qilinglar. Ilm ila chiroyli ko‘rinish uchun ilm o‘rganmang. Umringiz uzoq bo‘lsa, hali shunaqalarni ko‘rasiz, odamlar kiyim kiyib bezanganidek, odamlar ilm olib o‘zlariga oro beradilar”.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Imlni olimlarga maqtanish, u orqali esi past, johillar bilan talashib-tortishish yoki odamlarning e’tiborini o‘zingizga qaratish uchun o‘rganmang. Kim shunday qilsa, u jahannamdadir”[4], deganlar.


Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1]  Mujodala surasi, 11-oyat.
[2]  Imom Buxoriy rivoyati.
[3]  Ibn Hibbon, Imom  Hokim va Imom Bayhaqiy rivoyati.
[4]  Ibn Moja rivoyati.