Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Biz bu ummat bilan faxrlanamiz, boshqa hech bir ummatning bunday sharafli tarixi yo‘q deb bilamiz. Ular esa tarixga shubha bilan qarashadi, din peshvolari haqida noloyiq gaplar aytishadi, aqiyda borasida ayblar to‘qishadi. Biz esa barcha ulamolar haqida faqat yaxshi gumonda bo‘lamiz.
Bu buyuk zotlarda tarbiyaviy-tasavvufiy maktablar bo‘lgan; hanafiy, molikiy, shofe’iy va hanbaliy fiqhiy mazhablari bo‘lgan; moturidiya va ash’ariya aqiydaviy mazhablari bo‘lgan. Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir. Mana shu yo‘ldan yurib, musulmonlar yer yuziga hukmron bo‘lishdi, rahbar bo‘lishdi, ustoz bo‘lishdi. Islom o‘zining beqiyos o‘rniga ega bo‘ldi.
«Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobidan
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ajoyib zarbulmasal, sen uni doim ko‘z o‘ngingga qo‘y!
Bir kuni chumoli Allohning Baytini haj qilish uchun yo‘lga tushibdi. Unga: “Sen bir chumoli bo‘lsang, hajga qanday bormoqchisan? Yetib bora olmasdan o‘lib ketishing aniqku”, deyishdi. Chumoli: “U holda shu yo‘lda o‘lgan bo‘laman”, dedi.
Sen ham ojizlik qilsangda, osiylik qilsangda, Allohning yo‘lida ushbu chumoli kabi bo‘l!
Istig‘for ayt va Robbingga qayt. Qur’on bilan birga bo‘l va uni tashlab qo‘yma!