Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:45
Peshin
12:26
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:20
Bismillah
20 Dekabr, 2025, ,
Videolar

Allohga va oxiratga iymon keltirgan bo‘lsangiz

05.12.2024   6356   1 min.

 

Allomalarimiz ilmiy merosini o‘rganamiz: Imom Dorimiyning "Sunani Dorimiy" asari (4-qism)

Muhaddis Shamsuddin Zahabiy aytadi: "Imom Dorimiyning asari o‘z davrining eng mukammal va ishonchli hadis to‘plamlaridan sanalgan".

Videolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Inson qadri” asarini o‘qib...

17.12.2025   5323   1 min.
“Inson qadri” asarini o‘qib...

Inson yer yuzidagi eng go‘zal yaratiq hisoblanadi. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda bunday degan: “Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suratda yaratdik” (Tiyn surasi, 4-oyat).

Shunday ekan, nega zamon taraqqiy etgani sayin insonlar bir-birini yetarlicha qadrlamay qo‘ymoqda. Bari inson uchun xizmat qilishga yaratilgan boylik, tilla-temir va boshqa matohlar ba’zan insondan ko‘ra ko‘proq avaylab-asralmoqda. Bir chinni idishni avaylaganchalik bir ko‘ngilni avaylamaydigan nasllar paydo bo‘lyapti...

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari qalamiga mansub “Inson qadri” asarini o‘qir ekanman, shular haqida o‘yladim. Ushbu asar aziz va mukarram qilingan insonning qadr-qimmati bilan bog‘liq muammolar muolajasiga xizmat qiladi. Unda odamiylik fazilatlariga rioya qilish, inson sha’nini yuksaltirish, unga munosib ehtirom ko‘rsatish, yomon xulq va fitnalardan uzoq yurish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi.

Zero, bugun axborot to‘qnashuvi avj olgan, yer yuzining turli nuqtalari bir zumda aloqa bog‘lay oladigan bir paytda insoniyat nizo va mojarolar girdobida qolmoqda. Shunday ekan, hozirgi taraqqiyot davrida odamiylik mezonlariga rioya etish, o‘zaro ahillik muhiti yaratib, saodatli hayot kechirish yo‘lida ushbu asar ham bir mayoq vazifasini o‘taydi, inshoalloh.

“Inson qadri” kitobi har bir vatandoshimizga muborak va manfaatli bo‘lsin!

 

Akbarshoh Rasulov

MAQOLA