Shu yil 21-22 dekabr kunlari Nepal poytaxti Katmandu shahrida Qur’oni karimni yoddan o‘qib berish bo‘yicha II musobaqa bo‘lib o‘tadi. Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi tashkil etagan mazkur tadbir Saudiya Arabistonining Qur’on ta’limotini butun dunyo bo‘ylab yosh musulmonlar o‘rtasida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlari doirasida o‘tkaziladi, deb yozadi “ArabNews” .
Saudiya Arabistoni Matbuot agentligining xabar berishicha, saralash bosqichida Nepalning turli viloyatlari va mamlakatdagi Qur’oni karimni yodlatish maktablaridan 400 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi.
Tanlovning yopilish marosimi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Hech kim qo‘l mehnati bilan topgan taomidan ko‘ra yaxshiroq narsa yegan emas. Allohning nabiysi Dovud alayhissalom qo‘l mehnati bilan kun ko‘rar edi", deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Hazrat Umar roziyallohu anhu aytadilar: "Alloh taolo rizq beradi, deb, kasb qilishdan qo‘llaringizni tortmanglar, Alloh taolo tilla tangalarni osmondan yog‘dirmaydi".