O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Rahmatulloh qori Umarovning rafiqalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhumani O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhumaning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhumaning yaqinlariga, xususan, Rahmatulloh qori Umarovga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
muslim.uz
Zikr iymonni kuchaytiradi va uning qalb kasalliklariga sabab bo‘luvchi zaifligini muolaja qiladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Iymoningizni yangilab turinglar" dedilar. "Yo Allohning Rasuli, iymonimizni qanday yangilaymiz? deb aytishdi". U zot alayhissalom: "Laa ilaha illaloh" kalimasini aytishni ko‘paytiringlar", dedilar (Imom Ahmad rivoyati).