Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz janobi oliylari Ar-Riyod shahrida ochilishi kutilayotgan metro loyihasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Saudi Press Agency. Metropoliten oltita yo‘nalishdan iborat bo‘ladi. Shaharning rasmiy rejasiga ko‘ra, metro Saudiya Arabistoni poytaxtining jamoat transporti tizimining asosi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Yo‘nalishlarning umumiy uzunligi 176 kilometrni tashkil etadi. Metropoyezdlar 85 ta bekatdan iborat bo‘ladi.
Yo‘nalishlar kelgusi ikki oy ichida bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. “IslamNews” xabariga ko‘ra, shu yilning 1 dekabr kuni metroning ko‘k, sariq va binafsha rangli yo‘nalishlari ochilishi rejalashtirilgan. 15 dekabrda esa to‘q sariq rangli yo‘nalish ishga tushadi.
“Ar-Riyod jamoat transporti loyihasi, jumladan avtobuslar va metropoliten, qirol Salmonning Ar-Riyod rivojlanish bo‘yicha Oliy komissiyasi raisi sifatida ko‘rsatgan sa’y-harakatlari natijasida amalga oshirildi”, – dedi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon.
Ar-Riyod jamoat transporti loyihasi shaharning Oliy rivojlanish komissiyasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan. Ushbu tadqiqotlarda jamoat transporti sohasining hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlari o‘rganilib, uning muammolarini hal qilish uchun eng maqbul yechimlar tanlab olingan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Ularning 80 foizi asl eksponatlardir!
Bu haqda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kengaytirilgan Ilmiy kengashning uchrashuvida to‘xtalib o‘tildi. Markaz katta ilmiy xodimi Alisher Egamov ilmiy ekspeditsiya yakunlari haqida gapirib berdi.
Islom sivilizatsiya markazi Axborot xizmati