Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2025   |   22 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
18 Iyun, 2025, 22 Zulhijja, 1446

“Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma'rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

06.12.2024   23431   1 min.
“Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma'rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5 dekabr kuni Andijon davlat universitetida "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida  viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud doma Alimov boshchiligida viloyatdagi barcha imom xatiblar, otinoyilar, hojilar, mahalla faollari hamda ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dastur avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi va ishtirokchilarga mavzuga oid ijtimoiy videorolik namoyish etildi. Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari kirish so‘zi bilan ochib berdi. Keyingi navbatlarda ma’ruzachilarning kun tartibidagi ma’ruzalari tinglandi.

Tadbir yakunida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, muhim voqealar hamda “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etayotgan bir guruh soha vakillari taqdirlandi.

Manba

“Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma'rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma'rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma'rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma'rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma'rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma'rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma'rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma'rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Boshqa maqolalar

Ayol kishining rukusi

18.06.2025   668   1 min.
Ayol kishining rukusi

Savol: Ayol kishi rukuda tizzasini bukadimi yoki erkaklar kabi tekis tutadimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namoz o‘qishda, ayollar bilan erkaklarning bir nechta farqlari bo‘lib, ayollar satrliroq holda namoz o‘qishga buyurilganlar. Rukuda ham shunday, ya’ni ayollar rukuda erkaklardan  farqli ravishda, tizzalarini biroz bukib ruku qiladilar.

Mashhur tobeiy Ato ibn Abu Raboh bunday deganlar:

 تَجْتَمِعُ الْمَرْأَةُ إِذَا رَكَعَتْ تَرْفَعُ يَدَيْهَا إِلَى بَطْنِهَا وَتَجْتَمِعُ مَا اسْتَطَاعَت. مصنف عبدالرزاق

 “Ayol kishi ruku qilganda, imkon qadar yig‘ilibroq, ikki qo‘lini qorniga yaqinlashtirib turadi” (“Musannafi Abdurrazzoq”).

“Fatavoi Olamgiriya”da bunday deyilgan:

وَالْمَرْأَةُ تَنْحَنِي فِي الرُّكُوعِ يَسِيرًا وَلَا تَعْتَمِدُ وَلَا تُفَرِّجُ أَصَابِعَهَا وَلَكِنْ تَضُمُّ يَدَيْهَا وَتَضَعُ عَلَى رُكْبَتَيْهَا وَضْعًا وَتَحْنِي رُكْبَتَيْهَا وَلَا تُجَافِي عَضُدَيْهَا .كَذَا فِي الزَّاهِدِيِّ

“Ayol kishi rukuda biroz egiladi, tizzalariga suyanmaydi, barmoqlarini ochmaydi, balki qo‘llarini birlashtirib, tizzalariga qo‘yadi va tizzalarini biroz bukadi va bilakalarini tanasidan ajratmaydi. “Zohidiy”da shunday deyilgan”. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.